SPORT

Bugun jamoamiz xodimlari o‘rtasida Sport kuni munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha sport mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlar faol ishtirok etib, o‘zaro bellashdilar va ko‘tarinki kayfiyatda vaqt o‘tkazdilar. Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Прочитать полную новость

“O‘lding aziz bo‘lding” nomli spektakl namoyish etildi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida JDPU talabalari uchunMuqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodiy jamoasi tomonidan “O‘lding aziz bo‘lding” nomli spektakl namoyish etildi. Spektaklda yo‘qolib borayotgan qadriyatlar, insoniylik munosabatlari, ota-onaning farzandlar e’tibori, mehriga naqadar tashna bo‘lishi, chiroyli va ta’sirchan qilib ochib berilgan. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media) Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ???Telegram|…

Прочитать полную новость

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi yana bir yangi spektakl ustida ish olib bormoqda.

Islom Hamro qalamiga mansub «Millat sha’ni» asari teatr bosh rejissyori Shoxruh Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilmoqda. Asardagi bosh qahramon Sa’dulla Poʻlatxo’jayev obrazini xalqimizning sevimli ijodkori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Mehriddin Rahmatov ijro etmoqda.Yangi spektaklning repetitsiya jarayonidan lavhalar

Прочитать полную новость

Teatr ijodkorlari ijodiy uchrashuvlarda

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining ijodkorlari yozgi ta’til kunlarida ham aholining madaniy hordiq olishi, ma’anaviyatini boyitish yo‘lida xizmat qilishmoqda. Teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, shoir Abduraim Lapasov Toshkent shahridagi “Qichqiriq” MFYda bo‘lib o‘tgan “Mahalla — ma’rifat maskani” nomli tadbirda o‘z mualliflik kitoblari hamda chiqishlari bilan ishtirok etdi. Abduraim Lapasov ijro etgan Turob To‘laning “Nodirabegim”…

Прочитать полную новость

«Jizzax qo‘zg‘aloni» yuraklarni titratishda davom etmoqda

Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlar qalbini zabt etishda davom etmoqda. Xabaringiz bor, may oyi respublikamizda «Teatr oyligi» deb e’lon qilindi. Bir oy davomida teatr jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-son topshirig‘i asosidagi reja-grafik ijrosiga ko‘ra spetakllar nomish etdi. Bugun, 30-may kuni…

Прочитать полную новость

O’quvchi yoshlar bilan sahna ortiga sayohat tashkil etildi

20-avgust kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatriga Zarbdor tumanidagi 4-o’rta umumta’lim maktabining bir guruh faol o’quvchilari keldi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, teatr truppa mudiri Abduraim Lapasov yoshlarni teatr muzeyi, sahna orti jarayonlari, faoliyati va tarixi bilan tanishtirdi. ✨ Ekskursiya davomida bolajonlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Suhbat so’ngida ijodkor o’zining «Men o’shaman» nomli to’plamini o’quvchilarga…

Прочитать полную новость

«MONOLOG» spektakli Namanganda…

Avval habar berganimizdek… O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 1.12-ilovası 33-bandida Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasining Namangan viloyatiga gastrol safarini amalga oshirish vazifasi yuklangan. Joriy yilning 4-aprel kuni soat 13:00 da Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safari bilan Namangan viloyatiga tashrif buyurdi….

Прочитать полную новость

Jizzax teatri «Yashil makon» loyihasida faol ioshtirok etmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuz mavsumidagi ko‘chat ekish ishlari ham jadal davom etmoqda. Mazkur umumxalq ishiga har bir yurtdoshimiz, xususan tashkilot xodimlari ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.  Jizzax viloyati musiqali drama teatri xodimlari ham mazkur dolzarb loyihada faol ishtirok etib kelmoqdalar. Xususan, obodonlashtirish ishlari astoyidil ado etilib, mevali-manzarali daraxtlar hamda ko‘p yillik gul ko‘chatlari ekish bilan…

Прочитать полную новость

«Ayiq» spektakli namoyish etildi

🎭 Joriy yilning 19-sentabr kuni jizzax viloyat musiqali drama teatrida A.P.Chexov asari asosida sahnalashtirilgan «Ayiq» spektakli namoyishi bo’lib o’tdi. Spektakl namoyishida Jizzax viloyat FVV xodimlari, mahalla raislari hamda teatr ixlosmandlari ishtirok etishdi. Rejissyor Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan ushbu asar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. — Spektaklda ishtirok etgan aktyor-aktrisalarning o’z rollarini qanday mahorat bilan ijro…

Прочитать полную новость

Jizzax Pedagogika universiteti xodimlari va ularning oila a’zolari uchun «Bexato otilgan o’q» spektakli namoyish etildi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Jizzax Pedagogika universiteti xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun Tavfiq al-Hakim qalamiga mansub «bexato otilgan o’q» spektakli namoyish etildi.Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda oiladagi munosabat, hurmat va o’zaro mehr-muhabbatning mustahkam bo’lishi qay darajada muhim ekanligi turli qiziqarli obrazlar va keskin burilishga ega voqeliklar bilan ochib berilgan….

Прочитать полную новость