Ijodiy tashrif

Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahridan tashrif buyurgan musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi doira sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida so‘zga chiqqanlar hamkorlikdan mamnun ekanliklarini, jizzaxlik ijodkorlarning gastrol safari bilan Qirgʻiziston Respublikasiga tashrif buyurganini alohida e’tirof etib, u yerda “Tanho yulduz” spektaklining ilk bor namoyish etilganini faxr bilan tilga oldilar. Shuningdek, uchrashuv davomida ikki…

Прочитать полную новость

Sahna orqali mustahkamlanayotgan do‘stlik

Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida joylashgan A.Jaynakov nomidagi musiqali drama teatri hamda Jizzax viloyat musiqali drama teatri oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv san’at va madaniyat sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy tajriba va mahorat almashish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur hamkorlik teatr san’ati orqali xalqlarni yanada yaqinlashtiruvchi muhim qadamlardan biridir.

Прочитать полную новость

Abduraim Lapasovning 72 yoshiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv

2026-yilning 25-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 103-maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bolalar shoiri, taniqli ijodkor, ustoz va adabiyot ixlosmandlari orasida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan Abduraim Lapasovning 72 yoshga to‘lishi munosabati bilan “Ijod — qalb nuri” nomli ijodiy uchrashuv va adabiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida Abduraim Lapasovning hayoti, ijodiy faoliyati va adabiyotga qo‘shgan…

Прочитать полную новость

So‘zdan san’at yaratgan qalb egasi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Jizzax viloyat musiqali drama teatri tuppa mudiri, shoir Abduraim Lapasovning ijodiga bag‘ishlangan maqola «Jizzax haqiqati» gazetasining 2026-yil15-aprel sonida nashr etildi.Ushbu e’tirof ijodkorimizga haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi. Har bir jamiyatning ma’naviy rivoji va ruhiy boyligi, avvalo, uning madaniy hayoti va ma’rifat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan insonlar hissasi bilan baholanadi. Madaniyat nafaqat sahnadagi asarlar…

Прочитать полную новость

Kitob va kitobxonlik inson manaviyati ko’zgusi

7-aprel kuni Jizzax viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasida «Xalqaro bolalar kitobi kuni» munosabati bilan «Kitob va kitobxonlik inson manaviyati ko’zgusi» mavzusida tashkil etilgan «Kitobxonlik haftaligi»da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyorlari Abduraim Lapasov, Jo‘ra Isroilov, Raisa Abdullayevalar ishtirok etishdi. Ustoz san’atkorlar tomonidan ijro etilgan monolog va she’rlar kechaga bayramona kayfiyat ulashdi….

Прочитать полную новость

Ma’naviyat targ’iboti

Madaniyat va san’at fidokori ko‘krak nishoni sohibi, Jizzax viloyat musiqali drama teatrining iste’dodli aktyori Xamroz Maxmudov o‘zi tahsil olgan Jizzax shahridagi 6-maktabda ma’naviyat soatlarida ishtirok etdi. Buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur ma’naviyat soatida Xamroz Maxmudov o‘quvchilarga sarkarda haqida ma’lumot berish bilan birgalikda monologlar ham ijro etdi.Mazkur uchrashuv o‘quvchi yoshlarda…

Прочитать полную новость

Teatr aktyorlari — sport musobaqasi g‘olibi!

7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Yosh kasaba uyushmalari faollari o‘rtasida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyori Sanjar Mustapov sportning suzish turi bo‘yicha ishtirok etib faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, aktrisa Dilxumor Aliyeva sportning qo‘l tennisi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatri…

Прочитать полную новость

«Baxodir» spektakli namoyish etildi

🎭 Jizzax shahridagi umumta’lim maktabi o’qituvchi-murabbiylari hamda o’quvchilari uchun «Baxodir» spektakli namoyish etildi. 3-aprel sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi o’quvchi-yoshlar uchun Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Baxodir» spektaklini namoyish etishdi.Bugungi kunda global muammolardan biri bo’lgan diniy ekstremizm va terrorizm mavzusini qamrab olgan ushbu psixologik drama teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan hayotiy voqeliklar asosida…

Прочитать полную новость

«To’da» spektakli namoyish etildi

🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari ishtirokida «To’da» spektakli namoyish etildi. 1-aprel kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida teatr ixlosmandlari uchun »To’da» spektaklini namoyish etildi.Nasurullo Qobil asari asosida rejissyor Ilhom Normatov tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda global muammolardan biri bo’lgan giyohvandlik, unga bo’lgan qaramlik, ushbu illatga qarshi kurash, buning sabab va oqibatlari hikoya qilinadi. Hayotiy…

Прочитать полную новость