«BAHODIR» SPEKTAKLI

13-oktabr kuni rejissyor Shoxrux Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan «Bahodir» spektakli namoyish etildi.

Mazkur spektakl terrorizm va aqidaparastlikning salbiy oqibatlarini yoritish, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishga undashga qaratilgan.

✨ Sahna asari tomoshabinlarni ogohlikka, ezgulikka, bag‘rikenglikka va Vatan tinchligini asrashga chorlaydi.

Tinchlik — eng ulug‘ ne’mat, ogohlik esa barqaror kelajak garovidir!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *