2026-yil 11- sentabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “Xonatlas” milliy festivali doirasida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda atlas va adrasdan tikilgan zamonaviy hamda milliy liboslar namoyishi tashkil etilib, milliy kiyinish madaniyatini asrab-avaylash va uni yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Unda ishtirok etganlar milliy qadriyatlarimiz, milliy liboslarimiz va xalqimizning boy madaniy merosi haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo‘ldilar.



