Sahna ortiga sayohat

🎭 19-fevral kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatriga Do’stlik tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab internatining bir guruh faol o’quvchilari keldi. O’qituvchilari hamrohligida teatrning qariyb I asrlik tarixga ega muzeyi, sahna orti jarayonlari, faoliyati va tarixi bilan tanishib chiqishdi. ✨ Ekskursiya davomida bolajonlar teatrda faoliyat olib borayotgan ijodkorlar bilan suhbatlashib o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bo’lib o’tgan ushbu sahna ortiga sayohat davomida o’quvchi yoshlar o’zlarida ijodga, milliy teatr san’atiga qiziqishlari yanada ortganini va bunday ijodiy safarlarning qiziqarli ekanligini ta’kidlashdi.🔥🔥🔥

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *