Spektakllar

Spektakllar

photo_2025-02-14_11-22-31


“O‘lding aziz bo‘lding” nomli spektakl namoyish etildi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida JDPU talabalari uchunMuqimiy nomidagi О‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodiy jamoasi tomonidan “O‘lding aziz bo‘lding” nomli spektakl namoyish etildi. Spektaklda yo‘qolib borayotgan qadriyatlar, insoniylik munosabatlari, ota-onaning farzandlar e’tibori, mehriga naqadar tashna bo‘lishi, chiroyli va ta’sirchan qilib ochib berilgan. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media) Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating ???Telegram| (https://t.me/jizzaxteatr_media) Facebook| (https://www.facebook.com/groups/1477144649688967/?ref=share_group_link)Web-sayt| (https://jizzaxmdt.uz/2024/11/12/makr-va-muhabbat/)YouTube (https://jizzaxmdt.uz/2024/11/25/jizzax-teatri-yashil-makon-loyihasida-faol-ioshtirok-etmoqda/)


Кўпроқ →



Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi, 14-yanar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ona yurtimiz sarhadlarini, tinchligini himoya qilayotgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizni mubrakbod etadi.Shu jumladan, Oila deb atalmish qo‘rg‘onini himoya qilib, yurt ertasi bo‘lgan farzandlarini voyaga yetkizayotgan, har bir ota, o‘g‘il, aka-ukalarimizga bayram muborak bo‘lsin!!!


Кўпроқ →

image


Özbek tiyatrosundan ilginç piyes: “Çığ” ile Türkiye’yi büyüledi

Özbekistanlı tiyatrocular, Türkiye’de gerçekleşen 16. Ethos Ankara Uluslararası Tiyatro Festivaline katıldı. “Çığ” adlı piyesi sergileyen tiyatrocular, Ankaralı sanatseverleri büyüledi. Türkiye’de faaliyet yürüten Kültür Sanat ve Göç Etkinlikleri Merkezi Derneği (KÜSAGEM) tarafından düzenlenen 16. Ethos Ankara Uluslararası Tiyatro Festivali, 17-27 Ekim 2024 tarihleri arasında “Aşk” temasıyla gerçekleştirildi. Ankara’nın Çankaya ilçesinde gerçekleştirilen festivale dünyanın birçok ülkesinden tiyatro sanatçısı katılırken Özbekistanlı tiyatrocular, “Çığ” adlı tiyatro oyunuyla izleyici karşısına çıktı. Cizzah Vilayet Müzikal Dram Tiyatrosu oyuncularının sergilediği piyes, tiyatro severlerden tam not aldı. Çankaya Belediyesi Yılmaz Güney Sahnesinde izleyici karşısına çıkan Özbekistanlı tiyatrocular, Türk tiyatrosunun önemli yazarlarından Tuncer Cücenoğlu’nun 1987’de yazdığı “Çığ” adlı piyesini …


Кўпроқ →

image


O‘zbek teatri“Ko‘chki” bilan Turkiyani maftun qildi

Turkiyada o‘tkazilgan XVI Ethos Ankara xalqaro teatr festivalida O‘zbekistonlik teatr aktyorlari ishtirok etdi. “Ko‘chki” spektaklini namoyish etgan teatr aktyorlari Anqarada san’at ixlosmandlarini lol qoldirdi. Turkiyada faoliyat yurituvchi Madaniyat san’at va migratsiya faoliyatlari markazi uyushmasi (KÜSAGEM) tomonidan uyushtirilgan 16. Ethos Ankara xalqaro teatr festivali 2024-yilning 17-27-oktabr kunlari “Sevgi” mavzusida o‘tkazildi. Anqaraning Chankaya tumanida o‘tkazilgan festivalda dunyoning ko‘plab davlatlaridan teatr san’atkorlari ishtirok etar ekan, O‘zbekistondan teatr aktyorlari «Ko‘chki» nomli spektakl bilan tomoshabinlar qarshisiga chiqdi. Jizzax viloyati musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan sahnalashtirilgan spektakl teatr ixlosmandlarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Chankaya tumani Yilmaz Güney sahnasida tomoshabinlar qarshisiga chiqqan o‘zbekistonlik teatr aktyorlari, turk teatrining atoqli …


Кўпроқ →


Jizzax teatri — Turkiya sahnalarida

Diyor yangiliklari Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi Turkiyada Xalqaro teatrlar festivalida ishtirok etib qaytgani haqidagi lavha Jizzax viloyati teleradiokompaniyasining «Diyor yangiliklari» informatsion dasturida efirga uzatildi.


Кўпроқ →

главнийга


«Zo‘rdan zo‘r chiqsa» spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Shoxruh Yo‘ldashev tomonidan sahnalashtirilgan Sh.Boshbekovning «Zo‘rdan zo‘r chiqsa» spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 3-iyun kuni taqdim etilgan mazkur premyerada spektaklga qiziqish bildirgan aholi bilan bir qatorda harbiylar ham qatnashishdi. Mazkur asar Fransuz dramaturgi Jan Batist Molyerning  “Zo‘raki tabib” pyesasi asosida o‘zbek dramaturgi Sharof Boshbekov tomonidan yozilgan. Asarda Boy ota qizini o‘zi suygan yigitiga emas, balki davlatmand qari cholga bermoqchi bo‘ladi. Kuyov bo‘lmishning yoshi qaynotanikidan ham katta bo‘ladi.  Qiz cholga turmushga chiqmaslik uchun o‘zini kasalga soladi. Qizning xolavachchasi voqea haqida oshiq yigitga xabar beradi. Oshiq yigitning xizmatkori sevishganlarni  bir-biriga yetishtirish maqsadida Boy otaning uyiga tabib …


Кўпроқ →

20230602_150733


«ZO‘RDAN ZO‘R CHIQSA» spektaklining premyerasiga tayyorgarlik avjida

Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi teatr bosh rejissyori Shoxruh Yo‘ldashev tomonidan sahnalashtirilgan Sh.Boshbekovning “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” spektaklini Madaniyat va turizm vazirligidan kelgan bir guruh soha mutaxassislari ko‘rigiga namoyish etilgani haqida xabar bergan edik. 3-iyun kuni saot 18:00 da mazkur spektaklning premyerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Ma’lumot uchun, «ZO‘RDAN ZO‘R CHIQSA» satirik komediya. Muallif: Sh.BOSHBEKOV Sahnalashtiruvchi rejissyor: Sh.YO‘LDOSHEV, Sahnalashtiruvchi rassom: A.ABDULLAEV. Bosh rollarda: Dilshod Normatov  hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Abduraim Lapasov. Rollarda: Eldor Kengashev, Nargiza Mirzayeva, Dilnavoz Oltinbekova, Baxtiyor Xolmatov, Mirjalol Shoyzoqov. Jasur Xazratqulov, Vazira Mirzayeva, O‘lmasxo‘ja Ilxomov, Dilshoda Rahmatova, Farrux Ismoilov, Gulzoda Yo‘ldosheva, Sanjar Mustapov, Saodat Xojiyeva. Eslatib …


Кўпроқ →

photo_2023-06-01_16-42-17 (4)


«Sariq devni minib» spektakli namoyish etildi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida «Sariq devni minib» spektakli namoyish etildi. X.To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari asosida Xamroz Mahmudov tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektakl shahar tibbiyot birlashmasi, Jizzax don mahsulotlari AJ, Viloyat suvoqova, O‘zbektelekom, Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiyaga qarashli nogironligi bo‘lgan bolalar hamda tomoshaga ishtiyoqmand bo‘lgan yosh tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Sahna asarida o‘qimasdan agronom bo‘lishga ahd qilgan Hoshimjonning sarguzashlari va boshidan kechirganlari hikoya qilinadi. Unga bu yo‘lda «Sehrli qalpoqcha» yordam beradi. Spektakl so‘ngida Hoshimjon bilimsiz hech narsaga erishib bo‘lmasligini, diplom hech qanday kuchga ega emasligini tushunib yetadi. Spektakl bolajonlarga manzur …


Кўпроқ →

afishasi


«Sehrli qalpoqcha» — bolajonlar uchun ajoyib sovg‘a

Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yosh tomoshabinlar uchun maxsus sovg‘a hozirlamoqda! Xudoyberdi To‘xtaboyevning «Sariq devni minib» asari Xamroz Mahmudov tomonidan sahnalashtirildi. O‘qimasdan turib bir kasbning boshini tutib bo‘lmasligini Hoshimjon misolida ko‘rish mumkin. Bilimsizlikka hatto sehrli qalpoqcha ham chora bo‘la olmaydi. Sehrli qaloqcha bilan talay sarguzashtlarni boshdan kechirgan Hoshimjon spektakl so‘ngida bunga amin bo‘ladi va qunt bilan o‘qishga qaror qiladi. Teatr jamoasi yosh tomoshabinlarni ertaga, 1-iyun kuni soat 15:00 da kutib qoladi.


Кўпроқ →