Mahorat darsi tashkil etildi

🎭 Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida Jizzax viloyati musiqali drama teatri aktyori, O’zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan artistlar Jo’ra Isroilov va Jamila Dehqonova tomonidan «Ustoz saboqlari» boʻyicha «Aktyorlik san’ati» yo’nalishi o‘qituvchi va oʻquvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

✅Mahorat darsi davomida aktyorlar tomonidan Aktyor o’z ustida ishlash mavzusi yuzasidan nazariy hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi, barcha o‘qituvchi va o‘quvchilari mavzu yuzasidan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Aktyorlik san’atini tarixi, uning san‘atimizdagi o‘rni, san‘atni yuksalishi va unga ta‘sir etuvchi omillari kabi masalalarni ham qamrab oladi, o‘quvchilar o’z ustida ko’proq ishlashi kerakligini takidlab o’tdilar.

✅ Tadbir so’ngida J.Isroilov va J.Dehqonovalarga maktab jamoasi nomidan Tashakkurnoma berildi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *