Bugun jamoamiz xodimlari o‘rtasida Sport kuni munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha sport mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlar faol ishtirok etib, o‘zaro bellashdilar va ko‘tarinki kayfiyatda vaqt o‘tkazdilar.
Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.




