Teatrimiz aktyori G’allaorol tumanida

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy xodimlari viloyatimizning chekka hududlarida bo‘lib, Navro’z sayli, bayram tantanalarida faol ishtirok etib kelishmoqda. G’allaorol tumanida o‘zkazilgan bayram tadbiri ham shular jumlasidan.Teatrimiz aktyor va aktrisalari, so‘z ustalari tadbirda tarixiy shaxslar siymosida namoyon bo‘lib, monologlar, spektakllardan parchalar ijro etishdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati

Прочитать полную новость

Qutlov

27-mart Xalqaro teatr kuni bayrami bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi Respublikamizdagi hamda qardosh xalqlarning jamiki teatr xodimlarini samimiy muborakbod etadi 🎉🎉🎉 Sahna sehrini yaratuvchi aziz teatr fidoyilari! Sizlarning mehnatingiz orqali qalblar uyg’onadi, hayot ma’nosi teranlashadi. Har bir yaratgan obrazingiz — tomoshabin yuragiga yo’l topgan betakror hikoyadir. Siz — mehnatingiz, san’atingiz orqali insonlar ongiga…

Прочитать полную новость

Xalqaro teatr kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

27 — mart Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.  🎉 Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Diyor Qo’ldoshev ishtirok etib, viloyat hokimining soha vakillariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. ✨Shundan so‘ng bir qator hamkor tashkilot vakillari so‘zga chiqib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan…

Прочитать полную новость

Konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

🎼 Joriy yilning 27 mart kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat akademik katta teatri ijodkjorlari ishtirokida konsert dasturi bo’lib o’tdi. Mehmon san’atkorlar tomonidan jonli ijro etilgan kuy-qo’shiqlar tomoshabinlarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Прочитать полную новость

Abduraim Lapasovning  «Umr so’qmoqlari» nomli yangi she’riy to’plamining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-mart kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri truppa mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, shoir Abduraim Lapasovning  «Umr so’qmoqlari» nomli yangi she’riy to’plamining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari, yozuvchi va shoira Mehribon Abdurahmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Oliya Eshto‘xtarova, Jamila Dehqonova, Raisa Abdullayeva, Jo‘ra Isroilov kabi ijodkorning yor-…

Прочитать полную новость

Teatr tomoshalar haftaligi 4-kun

🎭 25-mart kuni soat 14:00 da «Teatrlar haftaligi» doirasida rejissyor I.Normatov tomonidan sahnalashtirilgan N.Qobilning “To’da” asari O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari hamda teatr ixlosmandlari uchun namoyish etildi. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Прочитать полную новость

Teatr tomoshalar haftaligi 3-kun

🎭 24-mart kuni soat 14:00 da «Teatrlar haftaligi» doirasida rejissyor Q.Sa’dullayev tomonidan sahnalashtirilgan N.Abbosxonning “Tanho yulduz” asari teatr ixlosmandlari uchun namoyish etildi. 📌 Eslatib o’tamiz: bepul namoyishlar ushbu oyning 27-sanasiga qadar har kuni soat 14:00 da bo’lib o’tadi. Keling va miriqib hordiq oling

Прочитать полную новость

Teatr tomoshalar haftaligi 2-kun

🎭 23-mart kuni soat 14:00 da teatr ijodiy xodimlari tomonidan rejissyor Sh.Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan A.Chexovning komediya janridagi “Ayiq” asari teatr ixlosmandlari uchun namoyish etildi. 📌 Eslatib o’tamiz: bepul namoyishlar ushbu oyning 27-sanasiga qadar har kuni soat 14:00 da bo’lib o’tadi. Keling va miriqib hordiq oling

Прочитать полную новость

Navro‘z tabrigi

💫 21-mart Navruz bayrami bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatri yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. ☀️ Siz azizlar uchun ushbu yil barakali yillardan biri bo‘lib qolishida, umid bilan tashlangan xar bir qadamingiz esa o‘z ijobiy natijalariga ega bo‘lishida tilakdoshmiz. 🌈Navruz bayramida — kundalik xayotingiz mazmunli, qiziqarli va yorqin-serjilo bo‘lishini, baxtiyor onlaringizni xamisha do‘stlar davrasida nishonlashingizni, bitmas-tuganmas…

Прочитать полную новость