7-aprel kuni Jizzax viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasida «Xalqaro bolalar kitobi kuni» munosabati bilan «Kitob va kitobxonlik inson manaviyati ko’zgusi» mavzusida tashkil etilgan «Kitobxonlik haftaligi»da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyorlari Abduraim Lapasov, Jo‘ra Isroilov, Raisa Abdullayevalar ishtirok etishdi.
Ustoz san’atkorlar tomonidan ijro etilgan monolog va she’rlar kechaga bayramona kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida Abduraim Lapasov o‘z muallifligida nashr etilgan kitoblardan ishtirokchilar hamda kutubxonaga taqdim etdi.
Bizni kuzatishda davom eting!!!
Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)
