Jizzax viloyat musiqali drama teatrida sportning shaxmat va shashkaturi bo’yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2026 -yil 24-oktabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi. Musobaqadan ko‘zlangan maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, intellektual salohiyatni oshirish hamda do‘stona muhitni mustahkamlashdan iborat. Bellashuvlar qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyati, zukkoligi va mahoratlarini namoyish etishdi.

Прочитать полную новость

Til yashasa — millat yashaydi!

O‘zbek bo‘lganimga, o‘zbek tilida so‘zlashganimga faxrlanaman! Mamlakatimizda katta bayram — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil to‘ldi! Ona tilimiz — qalbimiz ovozi, ota-bobolarimiz nafasi. Videoni oxirigacha ko‘ring va tilimizning naqadar go‘zal, jozibali va boy ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘ling! Siz o‘zbek tilidagi qaysi so‘zni yoki she’rni eng go‘zal deb hisoblaysiz? Izohlarda qoldiring!…

Прочитать полную новость

“Millat shani” — millat sha’ni va Vatanga sadoqat timsoli

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan «Millat sha’ni»  tarixiy dramasining premyerasi, O‘zbek Milliy akademik drama teatrida namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan sahnaga olib chiqilgan  asar dramaturg  Islom Hamroyev qalamiga mansub.  Spektakl rejissori Shoxrux Yo‘ldoshev bo‘lib, Spektakl prokuratura faxriysi – Sa’dulla Xo‘jayevich Po‘latxo‘jayevning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.  Asarda tarixning murakkab va…

Прочитать полную новость

“Davlat ramzlari va davlat tili kuni munosabati bilan tashkil qilinadigan tadbirlar doirasida aholiga, shu jumladan, yoshlarga davlat ramzlari tushirilgan belgilarni turli ko‘rinishlarda tarqatish to‘g‘risi”da

Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasining 2026-yil 12-fevraldagi 19-AF- sonli buyrug‘i 2-ilova 41-bandida hamda 12-oktabrdagi 01/2151-sonli buyrug‘ida “Davlat ramzlari va davlat tili kuni munosabati bilan tashkil qilinadigan tadbirlar doirasida aholiga, shu jumladan, yoshlarga davlat ramzlari tushirilgan belgilarni turli ko‘rinishlarda tarqatish to‘g‘risi”da ta`kidlangan. Joriy yilning 17-oktabr kuni Jizzax viloyat Jizzax viloyat musiqali drama teatri xodimlari tomonidan o’quvchi va…

Прочитать полную новость

ONA TILIGA EHTIROM — VATANGA MUHABBAT IFODASI

izzax viloyati musiqali drama teatrida Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi xodimlari tashabbusi bilan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant yozish tashkil etildi. Ishtirokchilar “Ona yurting — oltin beshiging” mavzusidagi diktantni yozib, imloviy savodxonlik va yozuv madaniyatini sinovdan o‘tkazdilar….

Прочитать полную новость

«BAHODIR» SPEKTAKLI

13-oktabr kuni rejissyor Shoxrux Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan «Bahodir» spektakli namoyish etildi. Mazkur spektakl terrorizm va aqidaparastlikning salbiy oqibatlarini yoritish, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash hamda tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishga undashga qaratilgan. ✨ Sahna asari tomoshabinlarni ogohlikka, ezgulikka, bag‘rikenglikka va Vatan tinchligini asrashga chorlaydi. Tinchlik — eng ulug‘ ne’mat,…

Прочитать полную новость

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tursun Mahmudov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi

2026-yil 8- oktabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida  1936 yilda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tursun Mahmudov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — san’atkorning hayoti va ijodiy merosini yod etish, uning san’at yo‘lidagi faoliyatini yosh avlodga yetkazish hamda milliy san’atimiz rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlar xotirasini e’zozlashdan iborat. Xotira…

Прочитать полную новость

JIZZAX TEATRIDA OKTYABR OYI REPERTUARI

10-oktyabr, 17:00🎭 “To‘da” spektakli 17-oktyabr, 17:00🎭 “Yarim tundagi o‘g‘rilik” spektakli 24-oktyabr, 17:00🎭 “Revizor” spektakli 31-oktyabr, 17:00🎭 “To‘ylar muborak” spektakli Jizzax viloyati musiqali drama teatrida oktyabr oyida har shanba kuni soat 17:00 da tomoshabinlar uchun spektakllar namoyish etiladi Tomosha uchun chiptalar teatr kassasida sotilmoqda.Ma’lumot va chiptalar uchun:📞 72-226-71-60📞 94-309-14-64📞 88-435-61-61

Прочитать полную новость