Jizzax viloyat musiqali drama teatrida sportning shaxmat va shashkaturi bo’yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2026 -yil 24-oktabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi. Musobaqadan ko‘zlangan maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, intellektual salohiyatni oshirish hamda do‘stona muhitni mustahkamlashdan iborat.

Bellashuvlar qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyati, zukkoligi va mahoratlarini namoyish etishdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *