📝 6-yanvar kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida ustoz san’atkorlar hamda Jizzax viloyatidagi Sport o’yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan maktab internati o’quvchilari ishtirokida “Teatr va kino haqida…” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Bo’lib o’tgan davra suhbati davomida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Abduraim Lapasov hamda Jo’ra Isroilovlar o’quvchi yoshlarni ongida milliy madaniyatimizga, san’atimizga bo’lgan qiziqishni oshirish, ularni jasorat va matonat ruhida tarbiyalash maqsadida milliy kino va teatr san’atining sir-asrorlari hamda o’zlarining ko’p yillik ijodiy faoliyatlari haqida so’zlab berishdi.
O‘quvchilar talabi bilan aktyorlar tomonidan monolog, sheʼr va spektakllardan parchalar o‘qib berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi🔥
Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)






