San’atga oshno qalblar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, betakror ijodi va o‘ziga xos sahna mahorati bilan san’at ixlosmandlari qalbidan munosib o‘rin egallagan Jamila Dehqonovaning tavallud kuniga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir davomida san’atkorning serqirra ijodiy faoliyati, sahnadagi yorqin obrazlari hamda milliy san’atimiz rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv ishtirokchilari Jamila…

Прочитать полную новость

Ijodiy uchrashuv

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, «Umr daraxti», «Yurt qadri», «Men o’shaman» kabi sheʼriy kitoblar muallifi, shoir Abduraim Lapasov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. «Ijodkor mas’uliyati va so’z sehri» mavzusida o’tkazilgan suhbatda yoshlar ustoz shoirning mashaqqatli kasbi va ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Uchrashuv so’nggida maktab kutubxonasiga sovg’a sifatida muallifning…

Прочитать полную новость

“Xonatlas” milliy festivali

2026-yil 11- sentabr kuni  Jizzax viloyat musiqali drama teatrida “Xonatlas” milliy festivali doirasida tadbir o‘tkazildi.Tadbirda  atlas va adrasdan tikilgan zamonaviy hamda milliy liboslar namoyishi tashkil etilib, milliy kiyinish madaniyatini asrab-avaylash va uni yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.Tadbir ko‘tarinki ruhda, mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tkazildi. Unda ishtirok etganlar milliy qadriyatlarimiz, milliy liboslarimiz va…

Прочитать полную новость

SPORT

Bugun jamoamiz xodimlari o‘rtasida Sport kuni munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha sport mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlar faol ishtirok etib, o‘zaro bellashdilar va ko‘tarinki kayfiyatda vaqt o‘tkazdilar. Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Прочитать полную новость

Ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Abdurayim Lapasov “Ijtimoiy faol hayot” tashkiloti rahbari Dildora Ahmedova boshchiligidagi guruh bilan uchrashuvda ishtirok etdi. U Jizzax viloyati musiqali drama teatri muzeyining boy tarixi hamda teatr san’atining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv yakunida san’atkor o‘zining “Umr daraxti” nomli she’rlar to‘plamini nuroniylarga samimiy ehtirom ramzi sifatida hadya qildi.

Прочитать полную новость

Ijodiy tashrif

Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahridan tashrif buyurgan musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi doira sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi. Kutib olish marosimida so‘zga chiqqanlar hamkorlikdan mamnun ekanliklarini, jizzaxlik ijodkorlarning gastrol safari bilan Qirgʻiziston Respublikasiga tashrif buyurganini alohida e’tirof etib, u yerda “Tanho yulduz” spektaklining ilk bor namoyish etilganini faxr bilan tilga oldilar. Shuningdek, uchrashuv davomida ikki…

Прочитать полную новость

Sahna orqali mustahkamlanayotgan do‘stlik

Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida joylashgan A.Jaynakov nomidagi musiqali drama teatri hamda Jizzax viloyat musiqali drama teatri oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv san’at va madaniyat sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy tajriba va mahorat almashish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur hamkorlik teatr san’ati orqali xalqlarni yanada yaqinlashtiruvchi muhim qadamlardan biridir.

Прочитать полную новость

Abduraim Lapasovning 72 yoshiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv

2026-yilning 25-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 103-maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bolalar shoiri, taniqli ijodkor, ustoz va adabiyot ixlosmandlari orasida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan Abduraim Lapasovning 72 yoshga to‘lishi munosabati bilan “Ijod — qalb nuri” nomli ijodiy uchrashuv va adabiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida Abduraim Lapasovning hayoti, ijodiy faoliyati va adabiyotga qo‘shgan…

Прочитать полную новость