Jizzax viloyat musiqali drama teatri hamda Dog’iston Respublikasining Ozarbayjon davlat drama teatri o’rtasidagi ijodiy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Teatrlar aro xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va shu bilan bir qatorda «Sahnalar do’stligi» loyihasi doirasida Dog’iston Respublikasi Ozarbayjon davlat drama teatri ijodkorlari 17-oktabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.Mehmon ijodkorlar Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan samimiy mehmondo’stlik ila kuy-qo’shiqlar ostida kutib olindi

Прочитать полную новость

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida sportning shaxmat va shashkaturi bo’yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2026 -yil 24-oktabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida xodimlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi. Musobaqadan ko‘zlangan maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, intellektual salohiyatni oshirish hamda do‘stona muhitni mustahkamlashdan iborat. Bellashuvlar qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyati, zukkoligi va mahoratlarini namoyish etishdi.

Прочитать полную новость

«MONOLOG» spektakli Namanganda…

Avval habar berganimizdek… O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 1.12-ilovası 33-bandida Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasining Namangan viloyatiga gastrol safarini amalga oshirish vazifasi yuklangan. Joriy yilning 4-aprel kuni soat 13:00 da Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safari bilan Namangan viloyatiga tashrif buyurdi….

Прочитать полную новость

“Teatr va kino haqida…” mavzusida davra suhbati

📝 6-yanvar kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida ustoz san’atkorlar hamda Jizzax viloyatidagi Sport o’yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan maktab internati o’quvchilari ishtirokida “Teatr va kino haqida…” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Bo’lib o’tgan davra suhbati davomida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Abduraim Lapasov hamda Jo’ra Isroilovlar o’quvchi yoshlarni ongida milliy madaniyatimizga, san’atimizga bo’lgan qiziqishni oshirish,…

Прочитать полную новость

harbiylar uchun madaniy hordiq

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi Forish tumanida joylashgan »Forish tog’ paligoni» harbiy hizmatchilari uchun teatr repertuaridan o’rin olgan «To’ylar muborak » spektaklini namoyish etishdi. Spektaklda bazi oilalarda uchrayotgan salbiy illatlar xazil ostiga olingan. Spektakl tomoshabinlarga birdek manzur keldi va ko’taringki kayfiyat ulashdi.

Прочитать полную новость

ONA TILIGA EHTIROM — VATANGA MUHABBAT IFODASI

izzax viloyati musiqali drama teatrida Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi xodimlari tashabbusi bilan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant yozish tashkil etildi. Ishtirokchilar “Ona yurting — oltin beshiging” mavzusidagi diktantni yozib, imloviy savodxonlik va yozuv madaniyatini sinovdan o‘tkazdilar….

Прочитать полную новость

“VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi

🎊 Joriy yilning 24-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bolajonlar uchun Jasur Hazratqulov tomonidan sahnalashtirilgan 🎄 “VAQT O’G’RISI” deb nomlangan yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻 Sahnalashtirilgan yangi yil dasturida bosh qahramon bo’lmish Xurshid ismli bolakayning vaqtini vertual olamga sarf etishi oqibatida boshidan kechirgan sarguzashtlari, xatosini tushunib yetib ertak qahramonlari bilan birgalikda yovuzlikka…

Прочитать полную новость

“VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyishi davom etmoqda

🎊 Joriy yilning 26-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun teratr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻Bolajonlar uchun sahnalashtirilgan ushbu yangi yil dasturidan joy olgan qiziqarli voqealar rivoji tomoshabinlarga yangi yil kayfiyatini ulashdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Прочитать полную новость

O‘zbek teatri“Ko‘chki” bilan Turkiyani maftun qildi

Turkiyada o‘tkazilgan XVI Ethos Ankara xalqaro teatr festivalida O‘zbekistonlik teatr aktyorlari ishtirok etdi. “Ko‘chki” spektaklini namoyish etgan teatr aktyorlari Anqarada san’at ixlosmandlarini lol qoldirdi. Turkiyada faoliyat yurituvchi Madaniyat san’at va migratsiya faoliyatlari markazi uyushmasi (KÜSAGEM) tomonidan uyushtirilgan 16. Ethos Ankara xalqaro teatr festivali 2024-yilning 17-27-oktabr kunlari “Sevgi” mavzusida o‘tkazildi. Anqaraning Chankaya tumanida o‘tkazilgan festivalda dunyoning…

Прочитать полную новость

Jizzaxda «To‘shpo‘lat tajang» spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 6-noyabr kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida «To‘shpo‘lat tajang» spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur sahna asari tomoshabinlarga o‘ziga xos badiiy talqin, hayotiy voqealar va chuqur mazmun orqali taqdim etildi. Spektaklda inson xarakteri, jamiyatdagi munosabatlar, davr nafasi va xalqona yumor uyg‘unligi aks ettirildi. Rejissyor Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl ijodiy jamoaning izlanishlari, aktyorlarning mahorati va…

Прочитать полную новость