Sahna orqali mustahkamlanayotgan do‘stlik

Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida joylashgan A.Jaynakov nomidagi musiqali drama teatri hamda Jizzax viloyat musiqali drama teatri oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv san’at va madaniyat sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy tajriba va mahorat almashish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur hamkorlik teatr san’ati orqali xalqlarni yanada yaqinlashtiruvchi muhim qadamlardan biridir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *