“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Abdurayim Lapasov “Ijtimoiy faol hayot” tashkiloti rahbari Dildora Ahmedova boshchiligidagi guruh bilan uchrashuvda ishtirok etdi. U Jizzax viloyati musiqali drama teatri muzeyining boy tarixi hamda teatr san’atining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv yakunida san’atkor o‘zining “Umr daraxti” nomli she’rlar to‘plamini nuroniylarga samimiy ehtirom ramzi sifatida hadya qildi.

