ONA TILIGA EHTIROM — VATANGA MUHABBAT IFODASI

izzax viloyati musiqali drama teatrida Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi xodimlari tashabbusi bilan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Savodxon tashkilot — savodli jamiyat” shiori ostida ommaviy diktant yozish tashkil etildi.

Ishtirokchilar “Ona yurting — oltin beshiging” mavzusidagi diktantni yozib, imloviy savodxonlik va yozuv madaniyatini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbir ona tilimizga hurmat va ehtiromni mustahkamlash, davlat tilining nufuzini oshirish hamda savodxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Zero, ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlar va Vatanga muhabbat ifodasidir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *