Teatr 105 yoshda!

Jizzax viloyati musiqali drama teatrida 105-mavsum tantanali ochilshi boʻlib oʻtdi. Unda madaniyat va san’at sohasi vakillari, jamoatchilik faollari, mahalliy aholi, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi

Mavsum Nasrullo Qobil asari asosida rejissyor Ilhom Normatov sahnalashtirgan «To‘da» spektakli bilan boshlandi.

Asarda yoshlarning yolg‘on va’dalar, soxta muhabbatga ishonib, hayotning xavfli yo‘llariga kirib qolishi va buning ayanchli oqibatlari ta’sirchan aks ettirildi.

— Teatr insonni o‘ylashga, xulosa chiqarishga undaydi. Sahna orqali hayotni ko‘ramiz, taqdirlardan saboq olamiz. Shunday ekan, teatr — tarbiya maskani, hayotning o‘ziga xos ko‘zgusidir, — deydi tomoshabin Madina Xursanova.

Teatr yashar ekan, inson qalbida ezgulik va tafakkur yashaydi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *