Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, «Umr daraxti», «Yurt qadri», «Men o’shaman» kabi sheʼriy kitoblar muallifi, shoir Abduraim Lapasov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
«Ijodkor mas’uliyati va so’z sehri» mavzusida o’tkazilgan suhbatda yoshlar ustoz shoirning mashaqqatli kasbi va ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuv so’nggida maktab kutubxonasiga sovg’a sifatida muallifning kitoblari taqdim etildi


