O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tursun Mahmudov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi

2026-yil 8- oktabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida  1936 yilda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tursun Mahmudov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — san’atkorning hayoti va ijodiy merosini yod etish, uning san’at yo‘lidagi faoliyatini yosh avlodga yetkazish hamda milliy san’atimiz rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlar xotirasini e’zozlashdan iborat.

Xotira kechasida Tursun Maxmudovning hayot yo‘li, Jizzax viloyat musiqali drama teatrida tutgan o‘rni, ijodiy faoliyati haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar Tursun Mahmudovning yorqin xotirasini yod etib, san’atkorlar merosini asrab-avaylash, ularning ijodini kelajak avlodga yetkazish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

San’atkorlar xotirasi — xalqning ma’naviy boyligi. Ularning ijodi, mehnati va san’atga bo‘lgan sadoqati keyingi avlodlar uchun hamisha ibrat maktabi bo‘lib qoladi.       Tursun Mahmudovning porloq xotirasi uni qadrlagan insonlar qalbida hamisha saqlanib qoladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *