Madaniyat va san’at fidokori ko‘krak nishoni sohibi, Jizzax viloyat musiqali drama teatrining iste’dodli aktyori Xamroz Maxmudov o‘zi tahsil olgan Jizzax shahridagi 6-maktabda ma’naviyat soatlarida ishtirok etdi.
Buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur ma’naviyat soatida Xamroz Maxmudov o‘quvchilarga sarkarda haqida ma’lumot berish bilan birgalikda monologlar ham ijro etdi.
Mazkur uchrashuv o‘quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Bizni kuzatishda davom eting!!!
Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)






