«Jizzax adiblari» kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi

2025-yilning 25-dekabr kuni O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo’limi tashabbusi bilan chop etilgan «Jizzax adiblari» kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu to’plamdan Jizzax viloyat musiqali drama teatri truppa mudiri O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abduraim LAPASOV hamda teatrimizning adabiy bo’lim mudiri Charos Yoqubovaning ijod namunalari ham joy olgan. Ularning ijodlarida bundanda yuksak parvozlar tilab qolamiz.

Прочитать полную новость

Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi, 14-yanar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ona yurtimiz sarhadlarini, tinchligini himoya qilayotgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizni mubrakbod etadi.Shu jumladan, Oila deb atalmish qo‘rg‘onini himoya qilib, yurt ertasi bo‘lgan farzandlarini voyaga yetkizayotgan, har bir ota, o‘g‘il, aka-ukalarimizga bayram muborak bo‘lsin!!!

Прочитать полную новость

«Zo‘rdan zo‘r chiqsa» spektakli davlat qabuliga namoyish etildi…

#taqdimotJoriy yilning 20-may kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi teatr bosh rejissyori Shoxruh Yo‘ldashev tomonidan sahnalashtirilgan Sh.Boshbekovning «Zo‘rdan zo‘r chiqsa» spektaklini Madaniyat va turizm vazirligidan kelgan bir guruh soha mutaxassislari ko‘rigiga namoyish etishdi. Mazkur asar Fransuz dramaturgi Jan Batist Molyerning “Zo‘raki tabib” pyesasi asosida o‘zbek dramaturgi Sharof Boshbekov tomonidan yozilgan. Mutaxassislar spektaklni katta qiziqish…

Прочитать полную новость

«To’da» spektakli namoyish etildi

🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari ishtirokida «To’da» spektakli namoyish etildi. 1-aprel kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida teatr ixlosmandlari uchun »To’da» spektaklini namoyish etildi.Nasurullo Qobil asari asosida rejissyor Ilhom Normatov tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda global muammolardan biri bo’lgan giyohvandlik, unga bo’lgan qaramlik, ushbu illatga qarshi kurash, buning sabab va oqibatlari hikoya qilinadi. Hayotiy…

Прочитать полную новость

Xalqaro kelishuvga erishildi

Xabaringiz bor, yaqindagina «Yevroosiyo» xalqaro teatr festivali bo’lib o’tdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatri direktori Gʻulom Darxanov va teatr bosh rejissyori Shoxruh Yo‘ldoshevlar joriy yilning 28 may kuni Toshkent shaxrida «Yevroosiyo» xalqaro teatr  festivalida ishtirok etib, Sankt-Peterburg Vasilyev orolchasi davlat drama teatri bosh rejissyori Ruslan Tamaziyevich bilan xalqaro ijodiy kelishuvni yo‘lga qo‘ydi. Ijodiy suhbat davomida…

Прочитать полную новость

«Bahodir» spektakl namoyishi bo’lib o’tdi

O‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida Jizzax viloyati musiqali drama teatriga tomoshabinlar tashrifi davom etmoqda.Joriy yilning 8-avgust kuni teatr ijodiy xodimlari tomonidan Jizzax viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun «Bahodir» nomli spektakl namoyish etildi. 🔺Mazkur spektakl S.Hamroevning asari asosida rejissyor Shoxruh Yo’ldoshev tomonidan…

Прочитать полную новость

Forish tumanida «AYOL» spektakli

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari 13- avgust kuni viloyatimizning Forish tumanida bo’lib, xotin — qizlar uchun H.Ahmedovaning «Yarimta olma» asari asosida rejissyor Baxtiyor To’rayev tomonidan sahnalashtirilgan «AYOL» spektaklini namoyish etishdi. Ushbu namoyish tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib ularda katta taassurot qoldirdi.🔥🔥🔥

Прочитать полную новость

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida yangi yil tomoshasi boshlandi

🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatrida yangi yil shousi namoyishi boshlandi!!!☃️ 23-dekabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida shahrimizdagi umumta’lim maktablari o’quvchilari uchun Jasur Hazratqulov tomonidan sahnalashtirilgan 🎄 “VAQT O’G’RISI” deb nomlangan konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻 Namoyish davomida dasturdan joy olgan turli ertak qahramonlarining chiqishi, lazer shou hamda qiziqarli voqealar rivoji tomoshabinlarga quvonch ulashib…

Прочитать полную новость

Teatr 105 yoshda!

Jizzax viloyati musiqali drama teatrida 105-mavsum tantanali ochilshi boʻlib oʻtdi. Unda madaniyat va san’at sohasi vakillari, jamoatchilik faollari, mahalliy aholi, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi Mavsum Nasrullo Qobil asari asosida rejissyor Ilhom Normatov sahnalashtirgan «To‘da» spektakli bilan boshlandi. Asarda yoshlarning yolg‘on va’dalar, soxta muhabbatga ishonib, hayotning xavfli yo‘llariga kirib qolishi va buning ayanchli oqibatlari ta’sirchan…

Прочитать полную новость

Ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” Abdurayim Lapasov “Ijtimoiy faol hayot” tashkiloti rahbari Dildora Ahmedova boshchiligidagi guruh bilan uchrashuvda ishtirok etdi. U Jizzax viloyati musiqali drama teatri muzeyining boy tarixi hamda teatr san’atining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv yakunida san’atkor o‘zining “Umr daraxti” nomli she’rlar to‘plamini nuroniylarga samimiy ehtirom ramzi sifatida hadya qildi.

Прочитать полную новость