Abduraim Lapasovning  «Umr so’qmoqlari» nomli yangi she’riy to’plamining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-mart kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri truppa mudiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, shoir Abduraim Lapasovning  «Umr so’qmoqlari» nomli yangi she’riy to’plamining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi rahbari, yozuvchi va shoira Mehribon Abdurahmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Oliya Eshto‘xtarova, Jamila Dehqonova, Raisa Abdullayeva, Jo‘ra Isroilov kabi ijodkorning yor- do‘stlari, shogirdlari, hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Mehribon Abdurahmonova so‘zga chiqib, Abduraim Lapasovni yangi kitob bilan muborakbod etdi. Shundan so’ng shoirning hamkasblari hamda shogirdlari so’z olib o’z tilaklarini bildirishdi. Davraga samimiylik va ko‘tarinki kayfiyat ulashgan qo‘shiq she’r va beozor askiyalarga ulanib ketdi.
Kitob taqdimoti ko‘tarinki kayfiyatda, bayramona shukuhda bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmat (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *