“Arshin mal alan” asari sahnalashtirildi

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Dog’iston Respublikasi Ozarbayjon drama teatri rejissori Sarvar Aliyev tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida ozarbayjonlik mashxur dramaturg va bastakor U.Gajibekov qalamiga mansub “Arshin mal alan” asari sahnalashtirildi. 9-mart kuni mazkur spektakl Madaniyat vazirligining badiiy-ekspert guruhi vakillariga topshirildi.

Spektakl namoyishidan so‘ng mutaxassislar: O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Omonulla Rizayev hamda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti kafedra mudiri, san’atshunoslik fanlari doktori(Phd) Faxriddin Abduvohidov tomonidan fikr va takliflar bildirildi.
Yakunda bir ovozdan spektakl teatr repertuariga qabul qilindi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *