Konsert dasturi bo‘lib o‘tdi

🎼 Joriy yilning 27 mart kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat akademik katta teatri ijodkjorlari ishtirokida konsert dasturi bo’lib o’tdi. Mehmon san’atkorlar tomonidan jonli ijro etilgan kuy-qo’shiqlar tomoshabinlarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.

Прочитать полную новость

Jizzax viloyat musiqali drama teatri Qozog’iston Respublikasida Xalqaro festivalda…

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi joriy yilning 22- oktabirdan 30-oktabirgacha Qozog’iston Respublikasi Astana shahrida Qozog’iston Respublikasi xalq artisti Azarbayjan Mambetov tavalludining 90 yilligiga bag’ishlab tashkil etilgan «TEATRALL» ikkinchi xalqaro teatr festivalida ishtirok etdi. Ushbu vestivalda oltita davlatdan tashrif buyurgan teatr jamoalari o’zlarining turli janirdagi spektakllarini namoyish etishdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy…

Прочитать полную новость

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan «Baxodir» spektakli namoyish etildi.

Joriy yilning 20-noyabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi Paxtakor tumanidagi talaba-yoshlar uchun Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Baxodir» spektaklini namoyish etishdi.Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda o’zbek o’g’lonining terrorizmga, ushbu oqim ichidagi guruhlarga qarshi mardonavor olib borgan kurashi hikoya qilinadi. Hayotiy voqeliklardan iborat bo’lgan ushbu sahna asari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib…

Прочитать полную новость

Turon maktab teatri tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekison Respublikasi madaniyat vazirligi hamda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Turon maktab teatri tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy bosqichlarda birinchilikni qo‘lga kiritgan Jizzax shahri va o‘n ikki tuman jamoalari tanishtiruv, savol-javob hamda “Teatr ibratxonadir” mavzusida sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Yakunda barcha jamoalarga esdalik sovg‘alar…

Прочитать полную новость

“VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyishi davom etmoqda

🎊 Joriy yilning 26-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun teratr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻Bolajonlar uchun sahnalashtirilgan ushbu yangi yil dasturidan joy olgan qiziqarli voqealar rivoji tomoshabinlarga yangi yil kayfiyatini ulashdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Прочитать полную новость

«Bahodir» spektakl namoyishi bo’lib o’tdi

O‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida Jizzax viloyati musiqali drama teatriga tomoshabinlar tashrifi davom etmoqda.Joriy yilning 8-avgust kuni teatr ijodiy xodimlari tomonidan Jizzax viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun «Bahodir» nomli spektakl namoyish etildi. 🔺Mazkur spektakl S.Hamroevning asari asosida rejissyor Shoxruh Yo’ldoshev tomonidan…

Прочитать полную новость

Yangiobodda konsert dasturi o‘tkazildi

Yangiobod bolalar musiqa va san’at maktabida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan konsert-dasturi uyushtirildi. Mazkur konsert dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-son topshirig‘i asosidagi reja-grafik ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘rsatmasiga ko‘ra “Teatr oyligi” doirasida tashkillashtirildi. Tadbir davomida yangragan kuy qo‘shiqlar…

Прочитать полную новость

Ozarbayjon teatridan spektakl namoyishi

Teatr san’ati doirasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda «Sahnalar do’stligi» loyihasi doirasida17-oktabr kuni Dog’iston Respublikasining Ozarbayjon davlat drama teatri ijodiy jamoasi jizzax viloyatiga ijodiy safar bilan tashrif buyurishgan edi.Mehmon ijodkorlar tomonidan 17-18-oktabr kunlari oliy ta’lim muassasasi talaba va xodimlari, teatr ixlosmandlari uchun «Вор» hamda «Умный человек» komediya spektakllari namoyish etildi. «Spektakl tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi.

Прочитать полную новость

Zarbdor tumanida «AYOL» spektakli namoyishi bo’lib o’tdi

🎭 15- avgust kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari viloyatimizning Zarbdor tumanida bo’lib, xotin — qizlar uchun H.Ahmedovaning «Yarimta olma» asari asosida rejissyor Baxtiyor To’rayev tomonidan sahnalashtirilgan «AYOL» spektaklini namoyish etishdi. Ushbu spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.🔥🔥🔥

Прочитать полную новость

Jizzax viloyat musiqali drama teatri xodimlari ish kunini jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan boshladi.

Ertalabdan bajarilgan mashqlar kun davomida tetiklik hamda yaxshi kayfiyat baxsh etadi.Shuningdek, kuniga 11 daqiqa jismoniy mashq bajarish erta oʻlim, yurak-qon tomir kasalliklari, yurak xuruji va saraton xavfini kamaytirishi mumkin.

Прочитать полную новость