Teatr haftaligi boshlandi
🎭27 mart «Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan «Teatr tomoshalari haftaligi» doirasida Jizzax viloyat musiqali drama teatri tomonidan bepul namoyishlar yo’lga qo’yilgan. 📌 19-mart kuni soat 14:00 da teatr ijodiy xodimlari tomonidan O’tkir Hoshimovning “To’ylar muborak” asari asosida U.Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan komediya janridagi spektakl teatr ixlosmandlari uchun namoyish etildi.
Jizzax Pedagogika universiteti xodimlari va ularning oila a’zolari uchun «Bexato otilgan o’q» spektakli namoyish etildi.
Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Jizzax Pedagogika universiteti xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun Tavfiq al-Hakim qalamiga mansub «bexato otilgan o’q» spektakli namoyish etildi.Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda oiladagi munosabat, hurmat va o’zaro mehr-muhabbatning mustahkam bo’lishi qay darajada muhim ekanligi turli qiziqarli obrazlar va keskin burilishga ega voqeliklar bilan ochib berilgan….
Navro‘z sayli
🎉 Umumuxalq bayram hisoblanmish Navro‘z ayyomi respublikamizdagi barcha hududlarda keng nishonlanmoqda. Jumladan Jizzax viloyatining Jizzax shahrida ham 21- mart kuni bayram sayli bo’lib o’tdi. Ushbu milliy bayram saylida davlat tashkilotlati qatorida Jizzax viloyat musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi ham buyuk siymolarni gavdalantirib o‘zlarining turli chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar. 🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatrining…
Teatr aktyorlari — sport musobaqasi g‘olibi!
7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Yosh kasaba uyushmalari faollari o‘rtasida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyori Sanjar Mustapov sportning suzish turi bo‘yicha ishtirok etib faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, aktrisa Dilxumor Aliyeva sportning qo‘l tennisi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatri…
Sahna orqali mustahkamlanayotgan do‘stlik
Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida joylashgan A.Jaynakov nomidagi musiqali drama teatri hamda Jizzax viloyat musiqali drama teatri oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv san’at va madaniyat sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ijodiy tajriba va mahorat almashish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur hamkorlik teatr san’ati orqali xalqlarni yanada yaqinlashtiruvchi muhim qadamlardan biridir.
«Tanho yulduz» spektakli Arnasoyda
Jizzax viloyati musiqali drama teatri «Teatr oyligi» doirasida spektakllar namoyishini davom ettirmoqda. 19-may kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-son topshirig‘i asosidagi reja-grafik ijrosiga ko‘ra “Teatr oyligi” doirasida Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida gastrol safarida bo‘ldi. N.Abbosxon muallifligidagi mazkur spektakl tomoshabinlarga manzur…
Ma’naviyat targ’iboti
Madaniyat va san’at fidokori ko‘krak nishoni sohibi, Jizzax viloyat musiqali drama teatrining iste’dodli aktyori Xamroz Maxmudov o‘zi tahsil olgan Jizzax shahridagi 6-maktabda ma’naviyat soatlarida ishtirok etdi. Buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur ma’naviyat soatida Xamroz Maxmudov o‘quvchilarga sarkarda haqida ma’lumot berish bilan birgalikda monologlar ham ijro etdi.Mazkur uchrashuv o‘quvchi yoshlarda…
«MONOLOG» spektakli Namanganda…
Avval habar berganimizdek… O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga madaniy xizmat ko’rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarorining 1.12-ilovası 33-bandida Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasining Namangan viloyatiga gastrol safarini amalga oshirish vazifasi yuklangan. Joriy yilning 4-aprel kuni soat 13:00 da Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi gastrol safari bilan Namangan viloyatiga tashrif buyurdi….
