jizzax viloyat musiqali drama teatri 104 yoshda

🎉🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatrining 104-mavsumi ko’tarinki ruhda ochib berildi. Ushbu tadbirga viloyatimizdagi tashkilot vakillari, jamoat faollari, oliy ta’lim tashkilotlarining o’qituvchi hamda talabalari va teatr ixlosmandlari ishtirok etishdi.

♻️ Tadbir davomida teatr bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan viloyatimizdagi OAV vakillari teatr ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

♻️Tantanali ochilish marosimidan so’ng, teatrning iqtidorli rejissyori Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan «Yarim tundagi o’g’irlik» (komediya) spektakl premyerasi bo’lib o’tdi.

✅ Yangi mavsum hamda yangi spektakl tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi🎊👏

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *