Mahorat darsi tashkil etildi
🎭 Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida Jizzax viloyati musiqali drama teatri aktyori, O’zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan artistlar Jo’ra Isroilov va Jamila Dehqonova tomonidan «Ustoz saboqlari» boʻyicha «Aktyorlik san’ati» yo’nalishi o‘qituvchi va oʻquvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi. ✅Mahorat darsi davomida aktyorlar tomonidan Aktyor o’z ustida ishlash mavzusi yuzasidan nazariy hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi, barcha o‘qituvchi va…
“Teatr va kino haqida…” mavzusida davra suhbati
📝 6-yanvar kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida ustoz san’atkorlar hamda Jizzax viloyatidagi Sport o’yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan maktab internati o’quvchilari ishtirokida “Teatr va kino haqida…” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Bo’lib o’tgan davra suhbati davomida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Abduraim Lapasov hamda Jo’ra Isroilovlar o’quvchi yoshlarni ongida milliy madaniyatimizga, san’atimizga bo’lgan qiziqishni oshirish,…
“VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyishi davom etmoqda
🎊 Joriy yilning 26-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun teratr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻Bolajonlar uchun sahnalashtirilgan ushbu yangi yil dasturidan joy olgan qiziqarli voqealar rivoji tomoshabinlarga yangi yil kayfiyatini ulashdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)
«Jizzax adiblari» kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi
2025-yilning 25-dekabr kuni O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo’limi tashabbusi bilan chop etilgan «Jizzax adiblari» kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu to’plamdan Jizzax viloyat musiqali drama teatri truppa mudiri O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abduraim LAPASOV hamda teatrimizning adabiy bo’lim mudiri Charos Yoqubovaning ijod namunalari ham joy olgan. Ularning ijodlarida bundanda yuksak parvozlar tilab qolamiz.
Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari spektakl namoyishida
26-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va ularning farzandlari uchun Jasur Hazratqulov tomonidan sahnalashtirilgan “VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻Bolajonlar uchun sahnalashtirilgan ushbu yangi yil dasturidan joy olgan qiziqarli voqealar rivoji bolajonlarga bayramona quvonch ulashdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)
Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Prezident archasi yangi yil konsert dasturi
🎄🎄🎄 Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Prezident archasi yangi yil konsert dasturi bo‘lib o‘tdi Viloyatning barcha tumanlaridan kelgan bolajonlar uchun sahnalashtirilgan bir-biridan qiziqarli shou tomoshalari namoyish etildi. Tadbir davomida teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan «Vaqt o’g’risi» shousi hamda jajji qizaloqlar ijrosidagi ajoyib raqslar guldastasi namoyish etildi Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)
“VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi
🎊 Joriy yilning 24-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bolajonlar uchun Jasur Hazratqulov tomonidan sahnalashtirilgan 🎄 “VAQT O’G’RISI” deb nomlangan yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻 Sahnalashtirilgan yangi yil dasturida bosh qahramon bo’lmish Xurshid ismli bolakayning vaqtini vertual olamga sarf etishi oqibatida boshidan kechirgan sarguzashtlari, xatosini tushunib yetib ertak qahramonlari bilan birgalikda yovuzlikka…
Jizzax viloyat musiqali drama teatrida yangi yil tomoshasi boshlandi
🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatrida yangi yil shousi namoyishi boshlandi!!!☃️ 23-dekabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida shahrimizdagi umumta’lim maktablari o’quvchilari uchun Jasur Hazratqulov tomonidan sahnalashtirilgan 🎄 “VAQT O’G’RISI” deb nomlangan konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻 Namoyish davomida dasturdan joy olgan turli ertak qahramonlarining chiqishi, lazer shou hamda qiziqarli voqealar rivoji tomoshabinlarga quvonch ulashib…
