Admin

Teatr tomoshalar haftaligi 3-kun

🎭 24-mart kuni soat 14:00 da «Teatrlar haftaligi» doirasida rejissyor Q.Sa’dullayev tomonidan sahnalashtirilgan N.Abbosxonning “Tanho yulduz” asari teatr ixlosmandlari uchun namoyish etildi. 📌 Eslatib o’tamiz: bepul namoyishlar ushbu oyning 27-sanasiga qadar har kuni soat 14:00 da bo’lib o’tadi. Keling va miriqib hordiq oling

Прочитать полную новость

Teatr tomoshalar haftaligi 2-kun

🎭 23-mart kuni soat 14:00 da teatr ijodiy xodimlari tomonidan rejissyor Sh.Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan A.Chexovning komediya janridagi “Ayiq” asari teatr ixlosmandlari uchun namoyish etildi. 📌 Eslatib o’tamiz: bepul namoyishlar ushbu oyning 27-sanasiga qadar har kuni soat 14:00 da bo’lib o’tadi. Keling va miriqib hordiq oling

Прочитать полную новость

Navro‘z tabrigi

💫 21-mart Navruz bayrami bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatri yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. ☀️ Siz azizlar uchun ushbu yil barakali yillardan biri bo‘lib qolishida, umid bilan tashlangan xar bir qadamingiz esa o‘z ijobiy natijalariga ega bo‘lishida tilakdoshmiz. 🌈Navruz bayramida — kundalik xayotingiz mazmunli, qiziqarli va yorqin-serjilo bo‘lishini, baxtiyor onlaringizni xamisha do‘stlar davrasida nishonlashingizni, bitmas-tuganmas…

Прочитать полную новость

Navro‘z sayli

🎉 Umumuxalq bayram hisoblanmish Navro‘z ayyomi respublikamizdagi barcha hududlarda keng nishonlanmoqda. Jumladan Jizzax viloyatining Jizzax shahrida ham 21- mart kuni bayram sayli bo’lib o’tdi. Ushbu milliy bayram saylida davlat tashkilotlati qatorida Jizzax viloyat musiqali drama teatrining ijodiy jamoasi ham buyuk siymolarni gavdalantirib o‘zlarining turli chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar. 🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatrining…

Прочитать полную новость

Teatr haftaligi boshlandi

🎭27 mart «Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan «Teatr tomoshalari haftaligi» doirasida Jizzax viloyat musiqali drama teatri tomonidan bepul namoyishlar yo’lga qo’yilgan. 📌 19-mart kuni soat 14:00 da teatr ijodiy xodimlari tomonidan O’tkir Hoshimovning “To’ylar muborak” asari asosida U.Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan komediya janridagi spektakl teatr ixlosmandlari uchun namoyish etildi.

Прочитать полную новость

«Vaqt o’g’risi» spektakli o’quvchi yoshlarga namoyish etildi

🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatrida shahrimizda faoliyat yuritib kelayotgan umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun spektakl namoyishi bo’lib o’tdi. Joriy yilning 16-mart kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida o’smir yoshlar uchun sahnalashtirilgan, bugungi kunda global muammolardan biri bo’lgan yoshlarning vertual olamga qaramligi va uning oqibatlari yoritilgan «Vaqt o’g’risi» spektakli o’quvchi yoshlarga namoyish etildi.Turli qiziqarli voqeliklardan iborat…

Прочитать полную новость

Hashar — elga yarashar!

🌳 2026-yil 13-14-mart kunlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga binoan joylarda «Yurt obodligi,avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari o’tkazilmoqda. 🎭 Shu munosabat bilan Navruz umumxalq bayrami oldidan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi. Unda teatr xodimlari faol ishtirok etib, binolar va…

Прочитать полную новость

“Arshin mal alan” asari sahnalashtirildi

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Dog’iston Respublikasi Ozarbayjon drama teatri rejissori Sarvar Aliyev tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida ozarbayjonlik mashxur dramaturg va bastakor U.Gajibekov qalamiga mansub “Arshin mal alan” asari sahnalashtirildi. 9-mart kuni mazkur spektakl Madaniyat vazirligining badiiy-ekspert guruhi vakillariga topshirildi. Spektakl namoyishidan so‘ng mutaxassislar: O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori Omonulla Rizayev hamda O‘zbekiston…

Прочитать полную новость

«Hayrat ul-abror» spektakli namoyish etildi

Joriy yilning 3-mart kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida umumta’lim maktabi o’qituvchi-murabbiylari hamda o’quvchilari uchun Baxtiyor To’rayev tomonidan sahnalashtirilgan «Hayrat ul-abror» spektakli namoyish etildi. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Прочитать полную новость