Hashar — elga yarashar!

🌳 2026-yil 13-14-mart kunlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga binoan joylarda «Yurt obodligi,avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari o’tkazilmoqda.

🎭 Shu munosabat bilan Navruz umumxalq bayrami oldidan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi. Unda teatr xodimlari faol ishtirok etib, binolar va ularning atrofini tozalash, daraxtlarni butash va oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmat (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *