O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tursun Mahmudov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi o‘tkazildi
2026-yil 8- oktabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida 1936 yilda Marg‘ilon shahrida tavallud topgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tursun Mahmudov xotirasiga bag‘ishlangan xotira kechasi tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — san’atkorning hayoti va ijodiy merosini yod etish, uning san’at yo‘lidagi faoliyatini yosh avlodga yetkazish hamda milliy san’atimiz rivojiga hissa qo‘shgan ijodkorlar xotirasini e’zozlashdan iborat. Xotira…
