Paxta terimchilari uchun teatr ijodkorlari tomonidan konsert dastur tashkil etildi

🎭🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari Joriy yilning23-sentabr kuni Zafarobod tumaniga qarashli Yorqin mahalla aholisi va Paxta 2025 terimida faol ishtirok etayotgan hasharchilarga madaniy xordiq ulashish maqsadida sahnalashtirilgan konsert dasturi namoyish etishdi.

Прочитать полную новость

Abduraim Lapasovning 72 yoshiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv

2026-yilning 25-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 103-maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, bolalar shoiri, taniqli ijodkor, ustoz va adabiyot ixlosmandlari orasida o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan Abduraim Lapasovning 72 yoshga to‘lishi munosabati bilan “Ijod — qalb nuri” nomli ijodiy uchrashuv va adabiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida Abduraim Lapasovning hayoti, ijodiy faoliyati va adabiyotga qo‘shgan…

Прочитать полную новость

jizzax viloyat musiqali drama teatri 104 yoshda

🎉🎭 Jizzax viloyat musiqali drama teatrining 104-mavsumi ko’tarinki ruhda ochib berildi. Ushbu tadbirga viloyatimizdagi tashkilot vakillari, jamoat faollari, oliy ta’lim tashkilotlarining o’qituvchi hamda talabalari va teatr ixlosmandlari ishtirok etishdi. ♻️ Tadbir davomida teatr bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan viloyatimizdagi OAV vakillari teatr ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. ♻️Tantanali ochilish marosimidan so’ng, teatrning…

Прочитать полную новость

Бердақ номидаги Қорақолпоқ Давлат академик мусиқали театри Жиззах вилоятида ижодий сафарда…

❇️Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022-йил 2-февралдаги “Маданият ва санъат соҳасини ривожлантиришга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида” ПҚ-112-сон қарори ижросини таъминлаш мақсадида Юртимиз бўйлаб ижодий сафарлар ташкил этилиб келинмоқда. Жумладан Бердақ номидаги Қорақолпоқ давлат академик мусиқали театри ижодий жамоси Жиззах вилоятида ижодий сафарда бўлишди. Дастлаб мехмонларни вилоят мусиқали драма театри жамоаси кўтарингки руҳда мусиқий садолар остида кутиб олишди….

Прочитать полную новость

«Bexato otilgan o’q» — yangi spektakl topshirildi

🎭16-oktabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a’zolari ishtirokida Tavfiq al-Hakim asari asosida rejissor Shoxruh Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Bexato otilgan o’q ” spektaklining jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Unda san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor — Omonulla Rizayev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O’zDSMI professori — Maryam…

Прочитать полную новость

Viloyatimizning Paxtakor tumanida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan «Baxodir» spektakli namoyish etildi.

21-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi Paxtakor tumanining ma’daniyat saroyida o’quvchilar uchun Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Baxodir» spektaklini namoyish etishdi.Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda o’zbek o’g’lonining terrorizmga, ushbu oqim ichidagi guruhlarga qarshi mardonavor olib borgan kurashi hikoya qilinadi. Mazkur sahna asari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Прочитать полную новость

“Ayiq” spektakli namoyish etildi

“O‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash” maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida hamda viloyat hokimining 2025-yil 4-iyundagi 01-898-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat musiqali drama teatrida 2025-yil iyun-avgust oylarida umumta’lim maktab o‘quvchilari, talabalar hamda mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida reja-jadval ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, joriy yilning 20-21-iyun kunlari Jizzax…

Прочитать полную новость

«Tanho yulduz» spektakli namoyish etildi

🎭 Jizzax viloyatining Olmachi harbiy okrugida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari ishtirokida «Tanho yulduz» spektakli namoyish etildi. Joriy yilning 13-fevral kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi viloyatning Olmachi harbiy okrugida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar uchun N. Abbosxon asari asosida rejissyor Q.Sa’dullayev tomonidan sahnalashtirilgan »Tanho yulduz» spektaklini namoyish etishdi. Bizni kuzatishda davom eting!!!…

Прочитать полную новость