Do’stlik tumanida tahsil olayotgan o’quvchi-yoshlar uchun «Vaqt o’g’risi» spektakli namoyish etildi

🎭 Do’stlik tumanida tahsil olayotgan o’quvchi-yoshlar uchun «Vaqt o’g’risi» spektakli namoyish etildi.

Joriy yilning 9-11 fevral kunlari Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi viloyatimizning Do’stlik tumanidagi umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun «Vaqt o’g’risi» spektaklini namoyish etishdi.
Mazkur spektakl Jasur Hazratqulov tomonidan sahnalashtirilgan bo’lib, ushbu dasturda bugungi kunda bolalar orasida vaj olayotgan illat ya’ni vertual olamga qaramlik ochib berilgan. Bosh qahramon bo’lmish Xurshid ismli bola o’zining vaqtini onlayn o’yinlarga sarf etishi oqibatida boshidan kechirgan sarguzashtlari, xatosini tushunib yetib ertak qahramonlari bilan birgalikda yovuzlikka qarshi olib borgan kurashi hikoya qilinadi. Teatrning iqtidorli, yosh ijodkorlari tomonidan mahorat bilan ijro etilayotgan chiqishlar bolajonlarga manzur bo’lmoqda🔥

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *