💐 Jizzax viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda xalq ta’limi tizimida uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan faxriy pedagoglar, ta’lim sohasining yetakchilari hamda yurtimizda ta’lim ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.
🎭 Tadbir davomida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan teatr tomoshalari bayram qatnashchilari e’tiboriga namoyish etildi.
Jizzax madaniyat bo‘limi xonandalari hamda taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Bayramingiz muborak boʻlsin aziz ustozlar!💐💐💐









