Joriy yilning 9 — sentabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatriga Samarqand viloyat musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari tashrif buyurishdi.



Mehmonlar Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan kuy-qo’shiqlar bilan kutib olindi. Tashrif davomida Samarqand viloyat musiqali drama teatri ijodkorlariga qariyb 1 asrlik tarixni o’zida jamlagan Jizzax viloyat musiqali drama teatrining muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.






