Turon maktab teatri tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekison Respublikasi madaniyat vazirligi hamda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Turon maktab teatri tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy bosqichlarda birinchilikni qo‘lga kiritgan Jizzax shahri va o‘n ikki tuman jamoalari tanishtiruv, savol-javob hamda “Teatr ibratxonadir” mavzusida sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Yakunda barcha jamoalarga esdalik sovg‘alar…

Прочитать полную новость

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida 1-oktabr «O’qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

💐 Jizzax viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda xalq ta’limi tizimida uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan faxriy pedagoglar, ta’lim sohasining yetakchilari hamda yurtimizda ta’lim ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.🎭 Tadbir davomida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan teatr tomoshalari bayram qatnashchilari e’tiboriga namoyish etildi.Jizzax madaniyat bo‘limi…

Прочитать полную новость

«Zo‘rdan zo‘r chiqsa» spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida Shoxruh Yo‘ldashev tomonidan sahnalashtirilgan Sh.Boshbekovning «Zo‘rdan zo‘r chiqsa» spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 3-iyun kuni taqdim etilgan mazkur premyerada spektaklga qiziqish bildirgan aholi bilan bir qatorda harbiylar ham qatnashishdi. Mazkur asar Fransuz dramaturgi Jan Batist Molyerning  “Zo‘raki tabib” pyesasi asosida o‘zbek dramaturgi Sharof Boshbekov tomonidan yozilgan. Asarda Boy ota…

Прочитать полную новость

Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi, 14-yanar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ona yurtimiz sarhadlarini, tinchligini himoya qilayotgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizni mubrakbod etadi.Shu jumladan, Oila deb atalmish qo‘rg‘onini himoya qilib, yurt ertasi bo‘lgan farzandlarini voyaga yetkizayotgan, har bir ota, o‘g‘il, aka-ukalarimizga bayram muborak bo‘lsin!!!

Прочитать полную новость

O’quvchi yoshlar bilan sahna ortiga sayohat tashkil etildi

20-avgust kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatriga Zarbdor tumanidagi 4-o’rta umumta’lim maktabining bir guruh faol o’quvchilari keldi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, teatr truppa mudiri Abduraim Lapasov yoshlarni teatr muzeyi, sahna orti jarayonlari, faoliyati va tarixi bilan tanishtirdi. ✨ Ekskursiya davomida bolajonlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Suhbat so’ngida ijodkor o’zining «Men o’shaman» nomli to’plamini o’quvchilarga…

Прочитать полную новость

Festival ta’surotlari

Joriy yilning 3-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shu yilning 22-30-oktabr kunlari qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi Astana shahrida bo‘lib o‘tgan Turksoy Turkiy madaniyat Xalqaro tashkilotining »TEATRALL» ||-Xalqaro teatr festivalida ishtirok etib O‘zbekiston san’ati nufuzini yanada baland qilib yuqori natijalarni qo‘lgan kiritib kelgan, Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasini tabriklash va…

Прочитать полную новость