Admin

«Bahodir» spektakl namoyishi bo’lib o’tdi

O‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida Jizzax viloyati musiqali drama teatriga tomoshabinlar tashrifi davom etmoqda.Joriy yilning 8-avgust kuni teatr ijodiy xodimlari tomonidan Jizzax viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hamda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun «Bahodir» nomli spektakl namoyish etildi. 🔺Mazkur spektakl S.Hamroevning asari asosida rejissyor Shoxruh Yo’ldoshev tomonidan…

Прочитать полную новость

Teatr xodimlari navbatdagi mehnat ta’tilidan qaytdi

Jizzax viloyat musiqali drama teatri xodimlari navbatdagi mehnat ta’tilidan qaytdi. Shu munosabat bilan umumiy yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida o’tgan mavsum davomida tomoshabinlar tomonidan kelib tushgan talab va takliflar muhokama qilinib, yangi mavsumda amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirildi.

Прочитать полную новость

«Dolzarb 90 kunlik» doirasida spektakl namoyishi bo’lib o’tdi.

O‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida Jizzax viloyati musiqali drama teatriga tomoshabinlar tashrifi davom etmoqda.Joriy yilning 25-iyul kuni teatr ijodiy xodimlari tomonidan maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari uchun «AYIQ» nomli spektakl namoyish etildi. 🔺Mazkur spektakl A.CHexovning asari asosida rejissyor Shoxruh Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirildi.Spektakl tomoshabinlar tomonidan iliq kutib oldindi.🔥

Прочитать полную новость

“Ayiq” spektakli namoyish etildi

“O‘quvchi-yoshlarni yozgi ta’til davrini maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash” maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 90 kun”lik doirasida hamda viloyat hokimining 2025-yil 4-iyundagi 01-898-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat musiqali drama teatrida 2025-yil iyun-avgust oylarida umumta’lim maktab o‘quvchilari, talabalar hamda mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida reja-jadval ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, joriy yilning 20-21-iyun kunlari Jizzax…

Прочитать полную новость

TEATRDA YANGI SPЕKTAKL QABULI BO’LIB O’TDI

2 iyul sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a’zolari ishtirokida M.Mitrovichning asari asosida rejissor Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan “Yarim tundagi o‘g‘irlik ” spektaklining jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Spektakl qabulida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Fatxulla Xo‘jayev, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi boshlig‘i Toxir Do‘stmuxamme dov, Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari va taklif etilgan mehmonlar ham ishtirok etishdi. Mutaxassislar spektakl to‘g‘risidagi o‘zlaring fikr-mulohazalari, tavsiyalari va takliflarini bildirib o‘tishdi. Yangicha uslub va o‘zgacha yondoshuv asosida sahnalashtirilgan “Yarim tundagi o‘g‘irlik” spektakli bir ovozdan qabul qilindi va tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.

Прочитать полную новость

Teatr jamoasi Zafarobod tumanida

26 — Iyun kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrining bir guruh ijodkorlari Zafarobod tumanida bo’lib, ushbu hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar uchun H.Ahmedovaning «Yarimta olma» asari asosida rejissyor Baxtiyor To’rayev tomonidan sahnalashtirilgan «AYOL» nomli spektaklini namoyish etishdi. Ushbu namoyish tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib ularda katta taassurot qoldirdi.

Прочитать полную новость

Teatr ijodkorlari Paxtakor tumanida bo’lib qaytishdi

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari24 — iyun kuni Paxtakor tumanida bo’lib, xotin-qizlar uchun «Zo’rdan zo’r chiqsa» spektakilini namoyish etishdi.Sharof Boshbekovning asari asosida rejissyor Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan ushbu komediya tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

Прочитать полную новость

15-aprel – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sohada o‘zining ko‘p yillik ijodiy mehnat faoliyati bilan elning hurmat – e’tiborini qozongan Ustoz va murabbiylar e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.Nazarbekovnining Jizzax viloyati musiqali drama teatrida faoliyat ko‘rsatayotgan truppa mudiri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artis, shoir Abduraim Lapasov hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘ratgan artist Olya Eshto‘xtarovalarga yo‘llagan bayram tabrigi tantanali ravishda e’lon…

Прочитать полную новость