Xalqaro teatr kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

27 — mart Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 🎉 Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Diyor Qo’ldoshev ishtirok etib, viloyat hokimining soha vakillariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

✨Shundan so‘ng bir qator hamkor tashkilot vakillari so‘zga chiqib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlardan bir guruhini tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

🎼Tadbirning badiiy qismida teatr bosh rejissyori Sh.Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan A.Chexovning «Monolog» spektakli namoyishi teatr ixlosmandlariga haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyat bo‘limi xonandalari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar tadbirga yanada bayramona ruh bag’ishladi.

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *