🎭 Jizzax shahridagi umumta’lim maktabi o’qituvchi-murabbiylari hamda o’quvchilari uchun «Baxodir» spektakli namoyish etildi.
3-aprel sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi o’quvchi-yoshlar uchun Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Baxodir» spektaklini namoyish etishdi.
Bugungi kunda global muammolardan biri bo’lgan diniy ekstremizm va terrorizm mavzusini qamrab olgan ushbu psixologik drama teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan hayotiy voqeliklar asosida sahnalashtirilgan. Bugungi namoyish so’ngida aktyorlarning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi.🔥🔥🔥
Bizni kuzatishda davom eting!!!
Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)







