“VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyishi davom etmoqda

🎊 Joriy yilning 26-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun teratr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻Bolajonlar uchun sahnalashtirilgan ushbu yangi yil dasturidan joy olgan qiziqarli voqealar rivoji tomoshabinlarga yangi yil kayfiyatini ulashdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Читать далее

«Jizzax adiblari» kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi

2025-yilning 25-dekabr kuni O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo’limi tashabbusi bilan chop etilgan «Jizzax adiblari» kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu to’plamdan Jizzax viloyat musiqali drama teatri truppa mudiri O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abduraim LAPASOV hamda teatrimizning adabiy bo’lim mudiri Charos Yoqubovaning ijod namunalari ham joy olgan. Ularning ijodlarida bundanda yuksak parvozlar tilab qolamiz.

Читать далее