Teatr ijodkorlari ijodiy uchrashuvlarda

Jizzax viloyat musiqali drama teatrining ijodkorlari yozgi ta’til kunlarida ham aholining madaniy hordiq olishi, ma’anaviyatini boyitish yo‘lida xizmat qilishmoqda. Teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, shoir Abduraim Lapasov Toshkent shahridagi “Qichqiriq” MFYda bo‘lib o‘tgan “Mahalla — ma’rifat maskani” nomli tadbirda o‘z mualliflik kitoblari hamda chiqishlari bilan ishtirok etdi. Abduraim Lapasov ijro etgan Turob To‘laning “Nodirabegim”…

Прочитать полную новость

“VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyishi davom etmoqda

🎊 Joriy yilning 26-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida umumta’lim maktabi o’quvchilari uchun teratr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻Bolajonlar uchun sahnalashtirilgan ushbu yangi yil dasturidan joy olgan qiziqarli voqealar rivoji tomoshabinlarga yangi yil kayfiyatini ulashdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)

Прочитать полную новость

Kitob va kitobxonlik inson manaviyati ko’zgusi

7-aprel kuni Jizzax viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasida «Xalqaro bolalar kitobi kuni» munosabati bilan «Kitob va kitobxonlik inson manaviyati ko’zgusi» mavzusida tashkil etilgan «Kitobxonlik haftaligi»da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyorlari Abduraim Lapasov, Jo‘ra Isroilov, Raisa Abdullayevalar ishtirok etishdi. Ustoz san’atkorlar tomonidan ijro etilgan monolog va she’rlar kechaga bayramona kayfiyat ulashdi….

Прочитать полную новость

Yangiobodda konsert dasturi o‘tkazildi

Yangiobod bolalar musiqa va san’at maktabida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan konsert-dasturi uyushtirildi. Mazkur konsert dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 22-apreldagi 02-PA 2/1-1027-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-apreldagi 21/1-884-son topshirig‘i asosidagi reja-grafik ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘rsatmasiga ko‘ra “Teatr oyligi” doirasida tashkillashtirildi. Tadbir davomida yangragan kuy qo‘shiqlar…

Прочитать полную новость

“VAQT O’G’RISI” yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi

🎊 Joriy yilning 24-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bolajonlar uchun Jasur Hazratqulov tomonidan sahnalashtirilgan 🎄 “VAQT O’G’RISI” deb nomlangan yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.🎅🏻 Sahnalashtirilgan yangi yil dasturida bosh qahramon bo’lmish Xurshid ismli bolakayning vaqtini vertual olamga sarf etishi oqibatida boshidan kechirgan sarguzashtlari, xatosini tushunib yetib ertak qahramonlari bilan birgalikda yovuzlikka…

Прочитать полную новость

Teatr 105 yoshda!

Jizzax viloyati musiqali drama teatrida 105-mavsum tantanali ochilshi boʻlib oʻtdi. Unda madaniyat va san’at sohasi vakillari, jamoatchilik faollari, mahalliy aholi, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi Mavsum Nasrullo Qobil asari asosida rejissyor Ilhom Normatov sahnalashtirgan «To‘da» spektakli bilan boshlandi. Asarda yoshlarning yolg‘on va’dalar, soxta muhabbatga ishonib, hayotning xavfli yo‘llariga kirib qolishi va buning ayanchli oqibatlari ta’sirchan…

Прочитать полную новость

“Monolog” psixologik tragediyasi namoyish etildi

24-25-Fevral kunlari Jizzax viloyat musiqali drama teatrida JDPU talabalari uchun A.P. Chexovning “Jon achchig‘ida” asari asosida rejissyor Sh.Yo‘ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan “Monolog” psixologik tragediyasi namoyish etildi. Inson umrining sarhisobi va “ men o‘zi qanday yashadim?” degan savolga javob izlashga qaratilgan ushbu sahna asari tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Прочитать полную новость

O’quv qutqaruv amaliy mashg’uloti bo’lib o’tdi

Jizzax viloyat FVB xamda boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar ishtirokida Jizzax viloyat musiqali drama teatr binosida favqulotda xolatlarda yong’in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan o’quv qutqaruv amaliy mashg’uloti bo’lib o’tdi. Ushbu mashg’ulot davomida yong’inni o’chirish, fuqarolarni qutqarish, jabrlanganlarga tezkor yordam ko’rsatish tadbirlari amalga oshirildi.

Прочитать полную новость

«Jizzax adiblari» kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi

2025-yilning 25-dekabr kuni O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo’limi tashabbusi bilan chop etilgan «Jizzax adiblari» kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Ushbu to’plamdan Jizzax viloyat musiqali drama teatri truppa mudiri O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Abduraim LAPASOV hamda teatrimizning adabiy bo’lim mudiri Charos Yoqubovaning ijod namunalari ham joy olgan. Ularning ijodlarida bundanda yuksak parvozlar tilab qolamiz.

Прочитать полную новость