Teatr ijodiy jamoasi muzayga tashrif buyurdi.

✳️2022-yil 28-sentabr kuni Jizzax shahridagi “H.Olimjon va Zulfiya” muziyida hizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati musiqali drama teatri ijodiy jamoasi ishtirok etib, teatr ijodkorlari tomonidan “Guli va Navoiy” spektaklidan parchalar namoyish etildi.

Прочитать полную новость

Jizzax viloyat musiqali drama teatri hamda Dog’iston Respublikasining Ozarbayjon davlat drama teatri o’rtasidagi ijodiy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda.

Teatrlar aro xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va shu bilan bir qatorda «Sahnalar do’stligi» loyihasi doirasida Dog’iston Respublikasi Ozarbayjon davlat drama teatri ijodkorlari 17-oktabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi.Mehmon ijodkorlar Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan samimiy mehmondo’stlik ila kuy-qo’shiqlar ostida kutib olindi

Прочитать полную новость

Xalqaro kelishuvga erishildi

Xabaringiz bor, yaqindagina «Yevroosiyo» xalqaro teatr festivali bo’lib o’tdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatri direktori Gʻulom Darxanov va teatr bosh rejissyori Shoxruh Yo‘ldoshevlar joriy yilning 28 may kuni Toshkent shaxrida «Yevroosiyo» xalqaro teatr  festivalida ishtirok etib, Sankt-Peterburg Vasilyev orolchasi davlat drama teatri bosh rejissyori Ruslan Tamaziyevich bilan xalqaro ijodiy kelishuvni yo‘lga qo‘ydi. Ijodiy suhbat davomida…

Прочитать полную новость

Teatr aktyorlari — sport musobaqasi g‘olibi!

7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan Yosh kasaba uyushmalari faollari o‘rtasida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyori Sanjar Mustapov sportning suzish turi bo‘yicha ishtirok etib faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, aktrisa Dilxumor Aliyeva sportning qo‘l tennisi bo‘yicha ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jizzax viloyat musiqali drama teatri…

Прочитать полную новость

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida viloyatimiz ahli uchun konsert dasturi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 2-sentabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri binosida O’zbekiston Davlat musiqali komediya (operetta) teatri ijodkorlari tomonidan mustaqilligimizning 34 yilligini tarannum etuvchi konsert dasturi tashkil etildi. Dastur davomida bir guruh san’atkorlar ijrosida o’zbek va jahon estradasining mashxur ko’y-qo’shiqlari ijro etildi.Tayyorlangan konsert dasturi barcha yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Прочитать полную новость

Teatr haftaligi boshlandi

🎭27 mart «Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan «Teatr tomoshalari haftaligi» doirasida Jizzax viloyat musiqali drama teatri tomonidan bepul namoyishlar yo’lga qo’yilgan. 📌 19-mart kuni soat 14:00 da teatr ijodiy xodimlari tomonidan O’tkir Hoshimovning “To’ylar muborak” asari asosida U.Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan komediya janridagi spektakl teatr ixlosmandlari uchun namoyish etildi.

Прочитать полную новость

Festival ta’surotlari

Joriy yilning 3-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatrida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda shu yilning 22-30-oktabr kunlari qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi Astana shahrida bo‘lib o‘tgan Turksoy Turkiy madaniyat Xalqaro tashkilotining »TEATRALL» ||-Xalqaro teatr festivalida ishtirok etib O‘zbekiston san’ati nufuzini yanada baland qilib yuqori natijalarni qo‘lgan kiritib kelgan, Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasini tabriklash va…

Прочитать полную новость

Jizzax viloyat musiqali drama teatrida 1-oktabr «O’qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

💐 Jizzax viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda xalq ta’limi tizimida uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan faxriy pedagoglar, ta’lim sohasining yetakchilari hamda yurtimizda ta’lim ravnaqi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.🎭 Tadbir davomida Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan teatr tomoshalari bayram qatnashchilari e’tiboriga namoyish etildi.Jizzax madaniyat bo‘limi…

Прочитать полную новость

O’quv qutqaruv amaliy mashg’uloti bo’lib o’tdi

Jizzax viloyat FVB xamda boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar ishtirokida Jizzax viloyat musiqali drama teatr binosida favqulotda xolatlarda yong’in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan o’quv qutqaruv amaliy mashg’uloti bo’lib o’tdi. Ushbu mashg’ulot davomida yong’inni o’chirish, fuqarolarni qutqarish, jabrlanganlarga tezkor yordam ko’rsatish tadbirlari amalga oshirildi.

Прочитать полную новость