Jizzaxda «To‘shpo‘lat tajang» spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 6-noyabr kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida «To‘shpo‘lat tajang» spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sahna asari tomoshabinlarga o‘ziga xos badiiy talqin, hayotiy voqealar va chuqur mazmun orqali taqdim etildi. Spektaklda inson xarakteri, jamiyatdagi munosabatlar, davr nafasi va xalqona yumor uyg‘unligi aks ettirildi.

Rejissyor Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl ijodiy jamoaning izlanishlari, aktyorlarning mahorati va sahnaviy yechimlari bilan e’tiborga molik bo‘ldi.

Premyera davomida tomoshabinlar ijodiy jamoaning mehnatiga guvoh bo‘lib, spektaklni iliq kutib oldilar.

Ushbu sahna asari teatr repertuaridan munosib o‘rin egallab, san’at ixlosmandlariga estetik zavq bag‘ishlashiga tilakdoshmiz. https://t.me/jizzaxteatr_media

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *