2026-yil 1-noyabr kuni Jizzax viloyati musiqali drama teatrida yangi spektakl taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Sahnalashtiruvchi rejissyor Umid Nurmatov tomonidan Abdulla Qodiriyning “Toshpo‘lat tajang” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl Madaniyat vazirligining bir guruh ekspertlari ishtirokidagi badiiy kengash ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Badiiy kengash a’zolari spektaklning badiiy yechimi, rejissyorlik talqini va sahnaviy ijrosini ko‘rib chiqib, uni premyeraga tavsiya etish hamda tomoshabinlarga namoyish qilish uchun ruxsat berishdi.

Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasiga ijodiy muvaffaqiyatlar, spektaklning bo‘lajak premyerasiga esa omad tilaymiz!

