“Millat shani” — millat sha’ni va Vatanga sadoqat timsoli

Jizzax viloyat musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan «Millat sha’ni»  tarixiy dramasining premyerasi, O‘zbek Milliy akademik drama teatrida namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan sahnaga olib chiqilgan  asar dramaturg  Islom Hamroyev qalamiga mansub.  Spektakl rejissori Shoxrux Yo‘ldoshev bo‘lib, Spektakl prokuratura faxriysi – Sa’dulla Xo‘jayevich Po‘latxo‘jayevning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.  Asarda tarixning murakkab va ziddiyatli davrida adolatsizlik qurboniga aylangan prokurorning fojeali taqdiri badiiy talqin etiladi.

Unda nohaq qatag‘onga uchrab, mustaqillik yillarida oqlangan huquqshunosning qismatini aks ettirish orqali tarixiy haqiqat, adolat va inson qadri masalalari yoritiladi. «Inson qadri uchun» ezgu g‘oyasi asosida yaratilgan mazkur sahna asari insonparvarlik tamoyillari, qonun ustuvorligi va adolatni qaror toptirish kabi muhim qadriyatlarni tarannum etadi. Zero, inson sha’ni va qadr-qimmatini ulug‘lash, haqiqatni qaror toptirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash huquqiy demokratik jamiyatning eng muhim mezonlaridandir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *