🎊 Joriy yilning 24-dekabr sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bolajonlar uchun Jasur Hazratqulov tomonidan sahnalashtirilgan 🎄 “VAQT O’G’RISI” deb nomlangan yangi yil konsert shou dasturi namoyish etildi.
🎅🏻 Sahnalashtirilgan yangi yil dasturida bosh qahramon bo’lmish Xurshid ismli bolakayning vaqtini vertual olamga sarf etishi oqibatida boshidan kechirgan sarguzashtlari, xatosini tushunib yetib ertak qahramonlari bilan birgalikda yovuzlikka qarshi olib borgan kurashi hikoya qilinadi. Shou dasturidan joy olgan lazer shou hamda qiziqarli voqealar rivoji bolajonlarga quvonch ulashib haqiqiy yangi yil kayfiyatini baxsh etdi.
Jizzax viloyat musiqali drama teatrining Matbuot xizmati (https://t.me/jizzaxteatr_media)




