Teatr OAV nigohida
Jizzax viloyat musiqali drama teatrida dramaturg Sharof Boshbekov tomonidan yozilgan “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” nomli spektaklning davlat qabuliga namoyish etilishi Jizzax TV2 kanali ijodkorlari tomonidan efirga uzatildi.
Jizzax viloyat musiqali drama teatrida dramaturg Sharof Boshbekov tomonidan yozilgan “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” nomli spektaklning davlat qabuliga namoyish etilishi Jizzax TV2 kanali ijodkorlari tomonidan efirga uzatildi.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, betakror ijodi va o‘ziga xos sahna mahorati bilan san’at ixlosmandlari qalbidan munosib o‘rin egallagan Jamila Dehqonovaning tavallud kuniga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir davomida san’atkorning serqirra ijodiy faoliyati, sahnadagi yorqin obrazlari hamda milliy san’atimiz rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv ishtirokchilari Jamila…
27 — mart Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Jizzax viloyat musiqali drama teatrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🎉 Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Jizzax viloyati hokimligi kotibiyat mudiri Diyor Qo’ldoshev ishtirok etib, viloyat hokimining soha vakillariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. ✨Shundan so‘ng bir qator hamkor tashkilot vakillari so‘zga chiqib, sohada samarali mehnat qilib kelayotgan…
Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi teatr bosh rejissyori Shoxruh Yo‘ldashev tomonidan sahnalashtirilgan Sh.Boshbekovning “Zo‘rdan zo‘r chiqsa” spektaklini Madaniyat va turizm vazirligidan kelgan bir guruh soha mutaxassislari ko‘rigiga namoyish etilgani haqida xabar bergan edik. 3-iyun kuni saot 18:00 da mazkur spektaklning premyerasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Ma’lumot uchun, «ZO‘RDAN ZO‘R CHIQSA» satirik komediya. Muallif: Sh.BOSHBEKOV Sahnalashtiruvchi…
21-noyabr kuni Jizzax viloyat musiqali drama teatri jamoasi Paxtakor tumanining ma’daniyat saroyida o’quvchilar uchun Sardor Xamroyev qalamiga mansub «Baxodir» spektaklini namoyish etishdi.Teatr bosh rejissyori Shohrux Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda o’zbek o’g’lonining terrorizmga, ushbu oqim ichidagi guruhlarga qarshi mardonavor olib borgan kurashi hikoya qilinadi. Mazkur sahna asari tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.
2 iyul sanasida Jizzax viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a’zolari ishtirokida M.Mitrovichning asari asosida rejissor Umid Nurmatov tomonidan sahnalashtirilgan “Yarim tundagi o‘g‘irlik ” spektaklining jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Spektakl qabulida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Fatxulla Xo‘jayev, O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi boshlig‘i Toxir Do‘stmuxamme dov, Jizzax viloyat qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari va taklif etilgan mehmonlar ham ishtirok etishdi. Mutaxassislar spektakl to‘g‘risidagi o‘zlaring fikr-mulohazalari, tavsiyalari va takliflarini bildirib o‘tishdi. Yangicha uslub va o‘zgacha yondoshuv asosida sahnalashtirilgan “Yarim tundagi o‘g‘irlik” spektakli bir ovozdan qabul qilindi va tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.
Jizzax viloyati musiqali drama teatri jamoasi, 14-yanar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ona yurtimiz sarhadlarini, tinchligini himoya qilayotgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizni mubrakbod etadi.Shu jumladan, Oila deb atalmish qo‘rg‘onini himoya qilib, yurt ertasi bo‘lgan farzandlarini voyaga yetkizayotgan, har bir ota, o‘g‘il, aka-ukalarimizga bayram muborak bo‘lsin!!!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat musiqali drama teatri Vodiy bo’ylab gastrol safariga chiqishdi. Dastlab, Andijon viloyatiga tashrif buyurgan teatr jamoasini mezbonlar iliq kutib olishdi! Shundan so’ng A.P.Chexovning «Jon achchig’ida» asari asosida rejissyor Shohruh Yo’ldoshev tomonidan saxnalashtirilgan «Monolog» spektakli namoyish etildi. Dastlabki viloyatga qilingan safar a’lo darajada bo’ldi! Jizzax viloyat…
🎭 23-mart kuni soat 14:00 da teatr ijodiy xodimlari tomonidan rejissyor Sh.Yo’ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan A.Chexovning komediya janridagi “Ayiq” asari teatr ixlosmandlari uchun namoyish etildi. 📌 Eslatib o’tamiz: bepul namoyishlar ushbu oyning 27-sanasiga qadar har kuni soat 14:00 da bo’lib o’tadi. Keling va miriqib hordiq oling
7-aprel kuni Jizzax viloyat ko’zi ojizlar maxsus kutubxonasida «Xalqaro bolalar kitobi kuni» munosabati bilan «Kitob va kitobxonlik inson manaviyati ko’zgusi» mavzusida tashkil etilgan «Kitobxonlik haftaligi»da O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, Jizzax viloyat musiqali drama teatri aktyorlari Abduraim Lapasov, Jo‘ra Isroilov, Raisa Abdullayevalar ishtirok etishdi. Ustoz san’atkorlar tomonidan ijro etilgan monolog va she’rlar kechaga bayramona kayfiyat ulashdi….