Jizzax viloyati musiqali drama teatrida ijodiy uchrashuv!

2026-yil 23-noyabr kuni yoshlarning madaniy-ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularni teatr san’atiga yanada yaqinlashtirish maqsadida Jizzax viloyati musiqali drama teatrida navbatdagi ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda teatrning yetakchi aktyorlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Raisa Abdullayeva, Abdurayim Lapasov, Oliya Eshto’xtarova va Jo’ra Isroilovlar hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida adabiyot va teatr san’atining mushtarak jihatlari, sahnada so‘z mas’uliyati va obraz yaratish mashaqqatlari xususida fikr almashildi. Teatrimiz darg’alari yoshlarga o‘z kasbiga sadoqat, tinimsiz izlanish va mutolaa muvaffaqiyat kaliti ekanligini ta’kidlab, o‘zining ko‘p yillik ijodiy faoliyati davomidagi qiziqarli voqealar bilan o‘rtoqlashdi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga ustoz san’atkordan atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *